Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda «Spark» piyodalar yo‘lakchasidan o‘tayotgan ayolni urib yubordi

Samarqand shahrida «Spark» mashinasi piyodalar yo‘lakchasidan o‘tayotgan ayolni urib yuborgan. Bu haqda viloyat IIB xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, Samarqand shahrida joriy yil 4 iyul kuni soat 17:30larda 1993 yilda tug‘ilgan haydovchi X.T. boshqaruvida bo‘lgan «Spark» mashinasida yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.
Haydovchi Samarqand shahri, Rudakiy ko‘chasi bo‘ylab Beruniy ko‘chasi tomon harakatlanayotgan vaqtda piyodalar yo‘lakchasidan o‘tayotgan, 1965 yilda tug‘ilgan D.M.ni urib yuborgan. Oqibatda, piyoda D.M. tan jarohati olib shifoxonaga murojaat qilgan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Samarqand shahar IIO FMB YHXB tomonidan tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

13:24 / 28.11.2024
“Samarqandni odamlar shahriga aylantirishimiz kerak, hozir mashina-shaharga aylangan” - Turdimov

21:39 / 27.11.2024
Samarqandda tramvayning 3-yo‘nalishi ochilishi mumkin

11:25 / 29.09.2024
Samarqandda beshta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

11:14 / 24.09.2024