Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
120 million so‘mlik tovarlarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi

“Vodil-Marg‘ilon” yo‘nalishida “Porter” avtomashinasida 120 million so‘mlik qo‘lqoplar to‘xtatib qolindi. Bu haqda viloyat bojxona boshqarmasi axborot xizmati ma'lum qilmoqda.
Qayd etilishicha, Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari tomonidan oldindan olingan ma'lumotlar asosida tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Tadbir davomida “Vodil-Marg‘ilon” yo‘nalishida harakatlanayotgan fuqaro N.A. boshqaruvidagi “Porter” rusumli avtomashina kuzatuvga olinib Marg‘ilon shahri hududida to‘xtatilib xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilgan. Shunda uning yukxonasida xorijda ishlab chiqarilgan va bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tganini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan, qiymati 120 million so‘mlik jami 48 000 dona qurilish qo‘lqopi borligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq, “Chust-Buvayda” yo‘nalishida 404 million so‘mlik televizorlarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yilgani haqida xabar berilgan edi.
Mavzuga oid

14:31 / 01.08.2025
Rossiyaga qimmatbaho buyumlarni noqonuniy tarzda olib chiqib ketayotgan shaxs ushlandi

13:45 / 26.07.2025
Toshkent viloyatida 180 ta iPhoneʼni yashirin olib o‘tayotganlar ushlandi

16:05 / 23.07.2025
Bojni iste’molchi to‘lamoqda. Noqonuniy importga zarba iPhone narxlarini oshirdi

20:16 / 18.07.2025