Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘onistonda o‘tgan olti oy davomida tinch aholining halok bo‘lishi rekord ko‘rsatkichni tashkil etdi
Qariyb 5,2 ming kishi halok bo‘lgan va yaralangan, ularning yarmiga yaqini may va iyun oylariga to‘g‘ri keladi.

2021 yilning birinchi yarmida Afg‘onistonda tinch aholi orasida qurbonlar soni rekord darajaga yetdi. Bu haqda BMTning Afg‘onistonga ko‘mak berish missiyasi ma'lum qildi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, yil boshidan buyon 1659 nafar kishi halok bo‘lgan, 3254 nafar kishi yaralangan. Bu o‘tgan yilning birinchi yarmidagiga nisbatan 47 foizga ko‘proq.
Halok bo‘lganlarning qariyb yarmi ayollar va bolalardir. O‘tgan yarim yil davomida 468 nafar bola va 219 nafar ayol halok bo‘lgan.
Qayd etilishicha, may-iyun oylarida tinch aholi orasidan 783 kishi halok bo‘lgan va 1609 kishi yaralangan.
Jangarilarning qo‘lbola portlovchi qurilmalari, harbiy to‘qnashuvlar va Afg‘oniston harbiy-havo kuchlarining aviazarbalari o‘limlar va jarohatlarning asosiy sabablari sifatida ko‘rsatilgan.
Mavzuga oid

07:51 / 21.07.2025
Germaniyadan bir yil ichida ikkinchi deportatsiya reysi Kobulga uchib ketdi

18:41 / 18.07.2025
O‘zbekiston, Pokiston va Afg‘oniston o‘rtasida Transafg‘on temir-yo‘li bo‘yicha bitim imzolandi

12:15 / 18.07.2025
Baxtiyor Saidov Kobulda Afg‘oniston bosh vaziri vazifasini bajaruvchi bilan uchrashdi

16:42 / 14.07.2025