Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh toliblarga yangi aviazarbalar berdi

AQSh harbiylari “Tolibon”ga qarshi kurash olib borayotgan afg‘on hukumat kuchlarini havodan qo‘llab-quvvatlash maqsadida joriy haftada ham samolyot va dronlardan foydalandi. Bu haqda Pentagonga tayanib Associated Press axborot agentligi xabar berdi.
Pentagon vakili mayor Robert Lodevik oxirgi kunlarda samolyot va dronlar yordamida toliblarga zarbalar berilganini ma'lum qilgan, biroq ushbu amaliyotning qolgan tafsilotlarini keltirmagan.
AP’ning ta'kidlashicha, zarbalar berishda qo‘llangan aviatsiya AQSh Afg‘onistondan jangovar samolyotlarini olib chiqib ketgani sababli mamlakat tashqarisidagi aerodromlardan havoga ko‘tarilgan.
AQSh o‘tgan haftada ham Afg‘onistonda toliblar pozitsiyalari va ular egallab olgan harbiy texnikaga aviazarbalar bergandi.
Avvalroq AQShning markaziy qo‘mondonligi qo‘mondoni general Kennet Makkenzi Kobulga tashrifi vaqtida hukumat qo‘shinlariga AQSh tomonidan havodan ko‘mak ko‘rsatilishiga va'da bergan.
Mavzuga oid

21:49 / 27.07.2025
AQSh Xitoy bilan savdo bitimi tuzishga juda yaqin - Tramp

18:30 / 27.07.2025
Sun’iy intellekt sohasida AQSh yetakchi, Xitoy ikkinchi o‘rinda

14:00 / 27.07.2025
«Trampning sabri tugamoqda» – Rubio

20:02 / 26.07.2025