Qashqadaryoda spirtli ichimlik iste'mol qilib mashina boshqargan 17 nafar haydovchiga sud hukmi o‘qildi

Qarshi shahrida bo‘lib o‘tgan sayyor sudda spirtli ichimlik iste'mol qilib mashina boshqargan 17 nafar haydovchiga sud hukmi o‘qilgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, Jinoyat ishlari bo‘yicha Qarshi shahar sudida sayyor sud majlisi bo‘lib o‘tgan. Unda spirtli ichimliklar iste'mol qilgan holda mashina boshqargan haydovchilarga tegishli ishlar ko‘rib chiqilgan.
Qayd etilishicha, sayyor sud majlisida spirtli ichimliklar iste'mol qilgan holda mashina boshqargan 17 nafar haydovchiga sud hukmi o‘qilgan. Sud hukmiga ko‘ra, ularga mashina boshqarish huquqini vaqtincha cheklashdan tashqari, salmoqli summalarda jarima ham belgilangan.
Ma'lumot uchun, Ma'muriy javobgarlik kodeksining 131-moddasiga ko‘ra, transport vositasini mast holda transport vositasini boshqarish huquqidan bir yil-u olti oydan uch yilgacha mahrum qilib, bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravari miqdorida jarima solinishiga sabab bo‘ladi.
Mavzuga oid

19:37 / 23.04.2025
Qashqadaryoda 14 yoshli o‘smir boshqaruvidagi Gentra YTHga uchradi. Qurbonlar bor

16:04 / 26.03.2025
Shahrisabz aeroporti faoliyatini tikladi

23:40 / 14.03.2025
Qashqadaryoda bosqinchilik bilan shug‘ullanib kelgan jinoiy guruh a’zolari qo‘lga olindi

16:41 / 14.03.2025