Afg‘on harbiy uchuvchilari “Tolibon” jazosidan qo‘rqib ommaviy ravishda ishdan bo‘shamoqda

Foto: Getty Images
Afg‘onistonlik harbiy uchuvchilar “Tolibon” harakati jangarilari tomonidan jazolanishi mumkinligidan qo‘rqib, ommaviy ravishda ishdan bo‘shamoqda. Bu haqda The Times nashri xabar berdi.
Nashr manbasining ta'kidlashicha, ayni vaqtda Afg‘oniston harbiy-havo kuchlarining 19 harbiysi o‘z lavozimidan bo‘shagan. Ular o‘z hayotlari uchun xavfsiramoqda. Bir necha kun avval toliblar Hamidulla Azimiy ismli vertolyot uchuvchisini o‘ldirishganini e'lon qilishgan. Bu Kobulda yuz bergan: jangarilar uchuvchining mashinasiga bomba o‘rnatishgan. Azimiy AQSh vertolyotlarida uchishga o‘rgatilgan va oxirgi haftalar ichida o‘ldirilgan 8-uchuvchi bo‘ldi.
“Men ishga borish uchun har kun mashinamni o‘zgartirishimga, buning uchun do‘stlarimdan mashinalarini olib turishimga to‘g‘ri kelmoqda. Bo‘sh vaqtimni uydan tashqarida o‘tkaza olmayman. O‘zimni himoya qilish va xavfni kamaytirish uchun do‘konlarga, hattoki sartaroshxonaga ham bora olmayapman”, deb aytgan uchuvchilardan biri nashr bilan suhbatda. Rasmiy Kobul uning himoyasini ta'minlay olmasa, u ishdan bo‘shashini aytgan.
Afg‘onistondagi vaziyat mamlakatdan AQSh va NATO qo‘shinlari olib chiqilishi ortida “Tolibon”ning faollashuvi sababli keskinlashdi. Oxirgi bir necha kun ichida toliblar yana uchta viloyat markazini egallab olishdi. Ayni vaqtda afg‘on hukumati mamlakat ustidan nazoratni tobora yo‘qotib bormoqda.
Mavzuga oid

12:35 / 25.04.2025
Afg‘oniston «Hayraton – Mozori Sharif» temiryo‘li bo‘yicha O‘zbekiston bilan shartnomani uzaytirdi

20:43 / 17.04.2025
Toliblar endi Rossiyada terrorchi tashkilot deb hisoblanmaydi. Voqealar rivoji

11:41 / 17.04.2025
138 nafar Afg‘oniston fuqarosi bo‘lgan yana bir reys Germaniyaga yetib keldi

07:02 / 16.04.2025