Qashqadaryoda test sinovlari boshlangandan buyon telefondan foydalanish bilan bog‘liq 74 ta holat aniqlandi

Foto: Qashqadaryo viloyati IIB axborot xizmati
Qashqadaryo viloyatida oliy ta'lim muassasalariga kirish uchun o‘tkazilayotgan test sinovlarida uyali telefon ishlatgan va boshqalar o‘rniga kirgan ko‘plab shaxslar aniqlangan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, Qarshi shahridagi «Nasaf» o‘yingohining mashg‘ulotlar maydonida oliy ta'lim muassasalariga kirish uchun test sinovlari ikki navbatda o‘tkazilmoqda. Abituriyentlar sinovlar o‘tkazilayotgan maydonga kirishidan avval har tomonlama tekshirilmoqda.
Shunday bo‘lsa ham ayrim shaxslar test sinovlariga uyali aloqa vositalarini olib kirishga urinmoqda. Shuningdek, ma'lum manfaat evaziga birovning o‘rniga test sinovlarini topshirishga kirish holatlari uchramoqda. Ichki ishlar xodimlarining sa'y-harakati bilan bunday shaxslar to‘xtatib qolinmoqda.
Jumladan, test sinovlari boshlangan 5 avgustdan 13 avgust kuni o‘tkazilgan sinovlargacha o‘zganing o‘rniga kirgan 41 nafar, uyali telefondan foydalangan 74 nafar shaxs aniqlangan.
Qayd etilishicha, hozirda ichki ishlar organlari aniqlangan holatlar yuzasidan surishtiruv ishlarini olib bormoqda.
Mavzuga oid

19:37 / 23.04.2025
Qashqadaryoda 14 yoshli o‘smir boshqaruvidagi Gentra YTHga uchradi. Qurbonlar bor

16:04 / 26.03.2025
Shahrisabz aeroporti faoliyatini tikladi

23:40 / 14.03.2025
Qashqadaryoda bosqinchilik bilan shug‘ullanib kelgan jinoiy guruh a’zolari qo‘lga olindi

16:41 / 14.03.2025