Yaponiyada vulqon otilishi natijasida yangi orol paydo bo‘ldi
Yaponiya sohilbo‘yi qo‘riqlash xizmati mamlakatning dengiz hududida yangi orolni aniqladi. Orol suvosti vulqonining otilishi natijasida hosil bo‘lgan.

Foto: Kyodo
Kyodo News nashrining xabar berishicha, vulqon 13 avgustda otilgan, orol esa 15 avgustda aniqlangan. Yaponiya meteorologiya agentligi yangi orol yaqinida katta miqdorda tutun va kul borligidan ogohlantirgan.
Vulqon faollashgani sababli uning takroran otilishi kutilmoqda.
Ta'kidlanishicha, yangi orol bir kilometr diametrga ega bo‘lib, “S” harfi ko‘rinishini olgan.
Yaponiyada vulqon otilishi natijasida orollar hosil bo‘lishi 1904, 1914 va 1986 yillarda kuzatilgan. Biroq ushbu orollarning barchasi hozirda suv ostiga ketgan.
Mavzuga oid

18:09 / 04.05.2025
Yaponiyada 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar soni keskin qisqarib ketdi

22:33 / 28.04.2025
Fuji tog‘iga chiqishga uringan xitoylik talaba to‘rt kun ichida ikki marta qutqarildi

22:58 / 27.04.2025
Xitoy Filippin yaqinidagi bahsli kimsasiz orolni egallab oldi

00:43 / 25.04.2025