AQShda dovuldan keyin o‘nlab odamlar bedarak yo‘qoldi

Foto: EPA
AQShning Shimoliy Karolina shtatida tropik dovul “Fred” olib kelgan kuchli toshqinlardan keyin kamida 35 kishi bedarak yo‘qoldi. Bu haqda CNN telekanali xabar berdi.
Ta'kidlanishicha, dovuldan eng ko‘p zarar ko‘rgan hududlarga yo‘qolganlarni izlash va aholi xavfsizligini ta'minlash uchun qutqaruv guruhlari yuborilgan.
“Omon qolganlarni aniqlash va yo‘qolganlarni topish uchun butun shtatdan yuborilgan qutqaruvchilar yordamida tashlab ketilgan avtomobillar, uylar, binolarni tekshirib chiqdik”, deb aytgan sherif Greg Kristofer.
“Fred” dovuli hozirda tropik siklondan keyingi darajagacha kuchsizlangan, biroq hali ham xavf solmoqda. Uning oqibatida tornado hosil bo‘lishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan momaqaldiroqlar yuz berishi prognoz qilinmoqda.
Mavzuga oid

15:38 / 26.04.2025
Trampning yangi rejasi, Putinning sulhi, Kiyevning talablari - Geosiyosiy hafta tahlili

13:54 / 26.04.2025
G‘arbiy sohildagi quvg‘inlar, Falastin uchun kurashayotgan Harvard va portlatilgan rus generali - kun dayjesti

12:04 / 26.04.2025
AQSh 18 davlat bilan savdo muzokaralari rejasini tayyorladi

11:31 / 26.04.2025