AQShda koronavirusga qarshi vaksina ilk bor to‘liq ma'qullandi
AQShning oziq-ovqat va dori-darmonlar sifati masalalari bo‘yicha boshqarmasi (FDA) AQShning Pfizer va Germaniyaning BioNTech kompaniyalari ishlab chiqqan koronavirusga qarshi Comirnaty vaksinasini rasman va to‘liq ma'qulladi.

Foto: Reuters
“Bugun boshqarma koronavirusga qarshi birinchi vaksinani ma'qulladi. Pfizer/BioNTech kabi ma'lum bo‘lgan vaksina endi bozorda Comirnaty nomi ostida 16 yoshdan kattalarga koronavirusdan profilaktik vosita sifatida taqdim etiladi”, deb aytilgan boshqarmada.
Shu bilan birga, ushbu vaksinani mavjud kelishuvlarga muvofiq, favqulodda holatlarda hamon 12 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lganlarga qo‘llash mumkin. Bundan tashqari, immuniteti kuchsizlanganlarga vaksinaning buster dozasini qo‘llashga ruxsat amal qilishi davom etadi.
FDA’da vaksinaning batamom ma'qullanishi AQSh aholisida vaksinaga ishonchni yanada oshirishi va hali emlanmaganlarni vaksina olishga undashi mumkinligi aytilgan.
Ta'kidlanishicha, boshqarma vaksinani ma'qullash uchun uni favqulodda holatlarda qo‘llash maqsadida o‘rgangan ma'lumotlardan 10 marta ko‘proq axborotni o‘rganishiga to‘g‘ri kelgan.
FDA BioNTech/Pfizer vaksinasini 2020 yil dekabrda favqulodda qo‘llash uchun ma'qullagandi.
Mavzuga oid

09:33
AQSh sudi: "Ozodlik radiosi" 12 mln dollar olishi kerak

08:44
Tramp ikkinchi muddatining birinchi 100 kuni yakunlarini maqtadi

21:12 / 29.04.2025
Tramp jamoasi uchinchi ehtimoliy impichmentga tayyorgarlikni boshladi

20:43 / 29.04.2025