Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ekoqo‘mita raisi ishdan olindi
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi Alisher Maqsudov lavozimidan ozod etildi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida ma'lum qilingan.

«Sohadagi tizimli muammolar hal qilinmagani va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar uchun Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi Alisher Maqsudov lavozimidan ozod etildi», deyiladi prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov bergan xabarda.
Qayd etilishicha, videoselektor yig‘ilishi tanqidiy ruhda kechmoqda.
Davlat rahbari sohadagi muammolarni ko‘rsatib o‘tgan. Ekologiyaga mas'ul bo‘lgan qo‘mita, boshqa idoralar va mahalliy hokimliklarning tashabbus va amaliy ishlari ko‘rinmayotgani tanqid qilingan.
So‘nggi 4 yilda sanoat korxonalari 2 baravarga ortib, shaharlarda chang-gaz miqdori me'yordan 4 baravar oshgan. Atmosferaga tashlanmalarning 90 foizi Toshkent, Samarqand, Farg‘ona, Andijon, Namangan, Qo‘qon, Navoiy, Buxoro, Chirchiq, Angren, Olmaliq, Bekobod, Guliston va Nukus shaharlariga to‘g‘ri keladi.
Shu bilan birga, hududlarda «yashil maydon»lar 3-4 baravarga qisqarib, o‘rtacha 8 foizdan kamayib ketgan.
Yer usti va osti suv sathining keskin pasayishi ham ekologik vaziyatga salbiy ta'sir ko‘rsatayotganiga urg‘u qaratilgan.
Bundan tashqari, hududlarda maishiy chiqindilarni xususiy sheriklik asosida boshqarish bo‘yicha reja qilingan 62ta loyihadan faqat 15tasiga tadbirkor jalb qilingan. Bu borada Buxoro, Namangan, Farg‘onadan tashqari boshqa birorta hududda ishlar yakuniga yetkazilmagan.
- Ma'lumot uchun, Alisher Maqsudov 2020 yil dekabrida Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi etib tayinlangandi. U 2017 yildan 2020 yilgacha «O‘zpaxtasanoat» AJ boshqaruvi raisi lavozimida ishlagan.
Tavsiya etamiz
«Aeroflot»ga hujum. Bir kundan keyin nimalar ma’lum?
Jahon | 21:16 / 29.07.2025
“Ish qilishga kuchim yo‘q”: quvvatsizlik oddiy charchoqmi yoki jiddiy signal?
Sog‘lom hayot | 16:45 / 29.07.2025
“Rossiya urushga chuqur kirib ketdi, undan chiqishi imkonsiz” - siyosatshunos
Jahon | 18:20 / 28.07.2025
Ukrainada siyosiy inqiroz. Nega bunday bo‘ldi va buyog‘iga nima bo‘ladi?
Jahon | 17:56 / 27.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Xitoy AQSh tahdidiga qaramay, Rossiya neftini sotib olishdan voz kechmadi
Jahon | 23:46 / 30.07.2025
-
Turkiyada migrantlarning noqonuniy bandligiga qarshi choralar kuchaytirildi
Jahon | 23:20 / 30.07.2025
-
Uy quruvchilarining “qora” ro‘yxati, rus ovchilarining o‘ljasi va issiqxonalarga qo‘llov – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 22:52 / 30.07.2025
-
Nozimaxon Davletova Prezident Administratsiyasi rahbarining shartnoma asosidagi konsultanti bo‘ldi
O‘zbekiston | 22:27 / 30.07.2025
Mavzuga oid

15:37 / 30.07.2025
Issiqxona xo‘jaliklari qo‘llab-quvvatlanadi

14:56 / 30.07.2025
Prezident xom mevalar eksportga chiqarilishini tanqid qildi

16:44 / 09.07.2025
Toshkent viloyatidan qatnovchi avtobuslar yo‘nalishi poytaxt ichkarisigacha uzaytiriladi

11:31 / 16.06.2025