O‘zbekiston Italiyadan qahva importi hajmini oshirdi
O‘zbekiston 27ta xorijiy davlatdan qahva import qilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotida aytiladi.

Qo‘mita xabariga ko‘ra, 2021 yilning yanvar-iyul oylarida O‘zbekiston 27ta xorijiy davlatlardan qiymati 1,0 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 196,4 tonna qahva import qilgan.
Qahva importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 257,6 ming AQSh dollariga ko‘p.
O‘zbekiston o‘tgan 7 oy mobaynida qahva import qilgan asosiy davlatlar quyidagicha:
- Rossiya – 57,4 tonna;
- Italiya – 52,6 tonna;
- Braziliya – 34,0 tonna;
- Vetnam – 22,6 tonna;
- Belarus – 13,1 tonna;
- Germaniya – 2,8 tonna;
- Turkiya – 2,7 tonna.
Mavzuga oid

19:48
O‘zbekistonliklarning o‘rtacha maoshi qancha?

20:59 / 29.04.2025
O‘zbekistonda go‘sht yetishtirish oshgani qayd etildi

09:45 / 29.04.2025
O‘zbekistonda 10 yilda xorijlik talabalar soni qariyb 18 barobarga oshdi

21:43 / 28.04.2025