A Seriya. «Roma» dramatik g‘alaba evaziga 1-o‘ringa ko‘tarildi. Shomurodov g‘alaba goliga assistentlik qildi

Italiya chempionatining 3-turida «Roma» o‘z maydonida «Sassuolo»ni qabul qilib, qo‘shib berilgan daqiqalarda g‘alabani ilib ketdi.
Birinchi bo‘limda Kristante hisobni ochdi, ikkinchi bo‘lim boshida Jurichich muvozanatni tikladi. 90+1-daqiqada esa Shomurodovning uzatmasidan so‘ng El-Shaaravi supergol urib, rimliklarga muhim 3 ochkoni keltirdi.
E'tiborlisi, bu bahsda «bo‘rilar» ustozi Joze Mourinoning murabbiylik faoliyatidagi 1000-o‘yinini o‘tkazdi.
«Roma» ochkolarini 9taga yetkazib, to‘plar nisbatiga ko‘ra peshqadam bo‘lib oldi. «Sassuolo» 4 ochko bilan 9-pog‘onada qoldi.
A Seriya. 3-tur
Roma — Sassuolo 2:1
12 sentabr, «Olimpiko»
Gollar: Kristante (37), El-Shaaravi (90+1) — Jurichich (57).
Roma – Patrisiu, Karsdorp (Reynolds, 89), Manchini, Rojyer, Vinya, Mxitaryan (El-Shaaravi, 70), Veretu (K.Peres, 74), Kristante, Pellegrini, Dzanolo (Shomurodov, 74), Abraham.
Sassuolo – Konsili, Tolyan, Kirikesh, Ferrari, Rojyerio, Jurichich (Traore, 84), Lopes, Boga (Kiriopulos, 89), Frattezi (Ayxan, 84), Berardi (Defrel, 77), Raspadori (Skamakka, 46).
Mavzuga oid

11:37 / 28.04.2025
«Siti» finalga chiqdi, «Roma» va Shomurodov «Inter»ni to‘xtatdi. Kun o‘yinlari

09:50 / 20.04.2025
Shomurodov «Roma»ga g‘alaba keltirdi, «Barsa»da chempioncha kambek. Kun o‘yinlari

10:27 / 14.04.2025
Mbappe qizil oldi, Saloh rekord qo‘yishda davom etmoqda. Kun o‘yinlari

12:32 / 07.04.2025