Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xorazm viloyatida yer sotish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xorazm viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda yer sotish bilan bog‘liq bir qancha firibgarlik holatlari fosh etilgan.

Jumladan, fuqaro M.Q. boshqa bir fuqaroga Xonqa tumanida zaxiradagi 1 sotix yer maydoni ajratilishi uchun tanishlari orqali hujjatlarni rasmiylashtirib berish evaziga 7 500 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Departamentning Tuproqqal'a hamda DXX Hazorasp tuman bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqarolar I.Yu. va M.Ya. boshqa bir fuqaroga Tuproqqal'a tumani hududidan uy-joy qurish uchun zaxiradagi 12 sotix yer maydonini firibgarlik yo‘li bilan sotishga kelishib, keyinchalik hujjatlarni rasmiylashtirib berish evaziga 9 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Ushbu holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28-, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid

14:34 / 14.07.2025
Toshkent va Namanganda o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilganlar ushlandi

11:22 / 12.07.2025
Buxoroda kadastr filiali bosh mutaxassisi ushlandi

14:37 / 10.07.2025
Karlo Anchelotti bir yillik qamoq jazosiga hukm qilindi

13:27 / 10.07.2025