Qirg‘izistonning yana bir sobiq bosh vaziri “Qumtor” koni ishi bo‘yicha ushlandi
Qayd etilishicha, Otorbayev bosh vazirlik davrida xorijiy kompaniya manfaatlari uchun “Qumtor”dagi Lisiy va Davidov muzliklari yo‘q qilinishiga sharoit yaratib bergan.

Foto: Tabyldy Kadyrbekov
Qirg‘iziston sobiq bosh vaziri Joomart Otorbayev “Qumtor” konidagi korrupsiya ishi bo‘yicha surishtiruv doirasida ushlandi. Bu haqda mamlakat davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
“16 sentyabr kuni Otorbayevni ushlash yuzasidan qaror chiqarildi”, – deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, Otorbayev bosh vazirlik davrida xorijiy kompaniya manfaatlari uchun “Qumtor”dagi Lisiy va Davidov muzliklari yo‘q qilinishiga sharoit yaratib bergan. Xususan, u konda ekologik ekspertiza o‘tkazish bilan shug‘ullangan tegishli organlarga bosim o‘tkazgan.
“Gumonlanuvchi davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasining vaqtinchalik saqlash izolyatoriga joylashtirildi”, – deyiladi xabarda.
Otorbayev 2014-2015 yillarda Qirg‘iziston hukumatiga rahbarlik qilgan.
Avvalroq Qirg‘iziston sobiq prezidenti Sooranbay Jeenbekov “Qumtor ishi” doirasida milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasiga guvoh sifatida so‘roq berish uchun chaqirtirilgandi.
Ushbu ish bo‘yicha sobiq bosh vazirlar Muhammadkaliy Abilgaziyev va Temir Sariyev hibsga olingan. Yana bir sobiq bosh vazir Omurbek Babanov hech qayoqqa ketmaslik haqidagi tilxat bilan ozodlikka chiqarilgan.
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Firibgarlar qanday qilib bank kartasidagi pullarni o‘marmoqda?
Jamiyat | 07:46
-
Isroilning G‘azoga havo hujumlari: 18 kishi halok bo‘ldi
Jahon | 07:36
-
Shvetsiyada tuxumni qizining peshonasiga urib chaqqan ayol jarimaga tortildi
Jahon | 00:42
-
Londonda Rossiya josuslik tarmog‘i rahbari 10 yilga qamaldi
Jahon | 00:11
Mavzuga oid

07:52 / 11.05.2025
Qirg‘izistondagi zilzila kuchi vodiy viloyatlarida ham sezildi

12:13 / 06.05.2025
So‘x va Shohimardonga avtomobilda o‘tib-qaytishda muammo yuzaga keldi

21:02 / 29.04.2025
Qirg‘izistonda urushga yollashda ayblangan “Rus uyi” xodimi hibsdan qo‘yib yuborildi

17:57 / 29.04.2025