Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oq uy haitilik muhojirlar ortidan otliq politsiya quvlamasligiga va'da berdi

Foto: Reuters
Oq uy matbuot kotibi Jyen Psaki AQSh mutasaddi idoralari chegarada haitilik muhojirlarni ta'qib qilishda otlardan boshqa foydalanmasligini aytdi.
“Biz Del-Rioda boshqa otlardan foydalanmaymiz”, deb aytgan Psaki.
Psaki ushbu choralar Meksika bilan chegarada otliq politsiya muhojirlarni quvlab yurgani suratlari va videolari tanqidiga javoban qabul qilinganini aytgan.
Avvalroq amerikalik otliq chegarachilar chegarada haitilik muhojirlarni qamchi bilan haydayotgani ma'lum qilingan.
Oq uyda bu vaziyatga munosabat bildirilgan. Psaki prezident ma'muriyati chegaradagi ushbu vaziyatdan tashvishda ekanini aytgan. U e'lon qilingan kadrlarni dahshatli deb atagan va vaziyat nima uchun jamoatchilikning noroziligiga sabab bo‘lganini tushunishini aytgan. Uning ta'kidlashicha, bunday vaziyatga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi.
Psaki chegarachilar o‘zini bunday tutishi maqsadga muvofiq bo‘ladigan ssenariyni tasavvur qila olmasligini va Oq uy ushbu masala yuzasidan qo‘shimcha axborot to‘playotganini qo‘shimcha qilgan.
Avvalroq AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp migratsiya inqirozi sababli AQSh uchinchi dunyo davlatiga aylanishi mumkinligini aytgandi.