Biz sayt ishlashini yaxshilash va sizga qulaylik yaratish uchun cookies-fayllardan foydalanamiz. Davom etish orqali siz cookies-dan foydalanishga rozilik bildirasiz. Maxfiylik siyosati Kun.uz
Pokistonda farzandini tuproqqa qo‘yayotgan ota, xaridor izlayotgan afg‘on bolalari va 100 yoshli natsist. Kun suratlari
Kun.uz dunyoning turli chekkalaridagi so‘nggi voqealarga oid suratlarni jamladi.
Pokistondagi vayronkor zilzila
Aholi zilziladan vayron bo‘lgan uydagi yaroqli narsalarni to‘plamoqda. Harnay, Belujiston, Pokiston, 7 oktabr. REUTERS/Naseer Ahmed
Pokistonning Belujiston viloyatida 5,9 magnitudali zilzila yuz berishi oqibatida kamida 20 kishi halok bo‘ldi va 300ga yaqin kishi jarohatlandi. Jabrlanganlarning aksariyati ayollar va bolalardir. zilzila Kvetta, Sibi, Xarnay, Pishin, Killa Sayfulla va boshqa shaharlarga ta'sir qilgan. Mahalliy seysmologik markaz ma'lumotlariga ko‘ra, zilzila episentri Xarnaydan unchalik uzoq bo‘lmagan, shuning uchun shahar eng jiddiy zarar ko‘rgan, eng ko‘p qurbonlar ham shu yerda qayd etilgan.
Zilzila qurboni bo‘lgan farzandini ko‘tarib turgan ota dafn marosimida. Belujiston, Harnay, 7 oktabr. REUTERS/Naseer Ahmed
Harnaydagi zilzilada yaralangan bolasini ko‘tarib Kvettadagi shifoxonaga kelgan ota. REUTERS/Stringer
Odamlar zilzila hududiga kelgan qutqaruv vertolyoti tashlab ketgan dori-darmonlarni olishmoqda. REUTERS / Naseer Ahmed
Afg‘onistonda qolayotganlar
«Tolibon» rasmiylari o‘z fuqarolariga yana pasport berishni boshlaganini e'lon qilganidan keyin pasport idorasi oldida yig‘ilgan afg‘onlar.
REUTERS/Jorge Silva
Niqobdagi afg‘on ayoli go‘zallik saloni oldida. Salon egasi reklamalardagi ayollarning yuzini bejab tashlashga majbur bo‘lgan. REUTERS/Jorge Silva
Shar sotuvchi bolalar xaridor izlab Kobul ko‘chalari bo‘ylab kezmoqda. AFP/Wakil Kohsar
Germaniyada Ikkinchi jahon urushi vaqtida Berlin yaqinidagi Zaksenxauzen konslagerida qo‘riqchi bo‘lib ishlagan 100 yoshli Yozef S. ustidan sud jarayoni boshlandi. U 3518 kishining o‘ldirilishida ishtirok etishda ayblanmoqda.
Yozefning advokati Stefan Vaterkamp sud zalida mijozining yuzi to‘silishini so‘radi. REUTERS/Annegret Hilse
Ispaniyaning La-Palma orolidagi Tazakorte portidan vulqon otilishi fonida Ispaniya fuqaro gvardiyasi qayig‘i o‘tib ketayotgani ko‘rinib turibdi. REUTERS/Juan Medina
Ishchi eshak aravasida virus tarqalishiga qarshi sepilgan modda tutunlari oralab harakatlanmoqda. Karachi, Pokiston.
REUTERS/Akhtar Soomro
Keniyaning Nayrobi shahrida ko‘chada ilingan kiyimlar ostida o‘ynayotgan bolalar. REUTERS/Thomas Mukoya
Ayni vaqtda Xitoy aholisining 75 foizi vaksina olib bo‘ldi
Foto: AP/TASS
Himoya niqoblaridagi xitoylik operachilar Tailandning Bangkok shahridagi festivalda chiqish qilishga tayyorlanmoqda.
REUTERS/Athit Perawongmetha
Hindistonda mamlakat harbiy-havo kuchlari kuni sharafiga o‘tkaziladigan parad oldidan yakuniy repetitsiya
Foto: Sonu Mehta/Hindustan Times via Getty Images
Xitoyning Tszyansu provinsiyasidagi bug‘ular
Foto: Zhang Lianhua/Costfoto/Barcroft Media via Getty ImagesVenesuelada botqoqlik ichida qolayotgan qishloq / Federico PARRA AFPQirolicha Yelizaveta II Hamdo‘stlik o‘yinlari estafetasi mash'alasining ochilish marosimida qatnashdi.
Foto: Victoria Jones - WPA Pool/Getty Images