Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hududlarda 310 ta yangi avtobus yo‘nalishlari tashkil etiladi
“Hududlarda jamoat transporti faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi hukumat qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, 2021-2022 yillarda qishloqni tuman markazi bilan, tuman markazini viloyat markazi bilan bog‘laydigan jami 310 ta yangi avtobus yo‘nalishlari (shundan shahar – 60 ta, shahar atrofi – 193 ta, shaharlararo (viloyat ichida) – 57 ta) tashkil etiladi.
Tijorat asosida yo‘lovchilar tashish xizmatini ko‘rsatadigan va bunga maxsus ruxsatnomasi (litsenziyasi) bo‘lgan yuridik shaxslar (tashuvchilar) tomonidan shahar atrofi yoki viloyat ichidagi shaharlararo avtobus yo‘nalishida ko‘riladigan zarar miqdori 30 foizgacha (30 foiz ham shu jumlaga kiradi) bo‘lgan yo‘nalish norentabel avtobus yo‘nalishi bo‘lib hisobga olinadi, Toshkent shahri bundan mustasno.
Tashuvchilarga norentabel yo‘nalishlar bo‘yicha tegishli hududiy komissiyalar tomonidan subsidiya ajratiladi.
Qarorga ko‘ra, Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tomonidan:
- tijorat banklarining Yangilash parametrlari doirasida avtobus va mikroavtobus xaridi uchun ajratiladigan kreditlar bo‘yicha kredit summasining 50 foizigacha (50 foiz ham shu jumlaga kiradi), biroq 8 mlrd so‘mdan ortiq bo‘lmagan miqdorda kafillik beriladi;
- tashuvchilarga ajratilgan kredit foiz stavkasining 5 foizdan ortiq bo‘lmagan qismi qoplab beriladi.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiyaning Kiyevga zarbasi: sakkiz kishi, jumladan bir bola yaralandi
Jahon | 11:08
-
Prezident farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosi nazorati kuchaytiriladi
O‘zbekiston | 11:04
-
Qibrayda fuqaroning 37 bosh qora molini qo‘lga kiritgan shaxslar aniqlandi
Jamiyat | 10:57
-
Rossiyada taniqli siyosatshunos Yekaterina Shulman sirtdan hibsga olindi
Jahon | 10:28
Mavzuga oid

11:04
Prezident farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosi nazorati kuchaytiriladi

13:55 / 24.07.2025
2026 yildan transport majburiy sug‘urtasi bo‘yicha sug‘urta summasi chegarasi ikki baravar oshadi

07:28 / 23.07.2025
Zo‘ravonlikning oldini olish bo‘yicha qo‘shimcha choralar qabul qilindi

15:35 / 17.07.2025