Ukraina aksildoping agentligi rahbariyati mojarodan keyin iste'foga chiqdi
Ukraina aksildoping agentligi rahbariyati Jahon aksildoping agentligi (WADA) tomonidan aniqlangan qoidabuzarliklar sababli to‘liq tarkibda iste'foga chiqdi. Bu haqda Ukraina sport va yoshlar vazirligi ma'lum qildi.

Foto: RIA Novosti
“Ukraina aksildoping agentligi test olish qoidalarini buzdi. Shu sababli agentlik direktori Ivan Kurlishchuk va uning o‘rinbosari Yaroslav Kruchek iste'foga chiqdi. Biz dopingga qarshi kurash masalasida aniq pozitsiyaga egamiz va hech kimga aksildoping qoidalarini buzishga yo‘l qo‘ymaymiz”, deb aytilgan vazirlik xabarida.
2019 yilda WADA tomonidan boshlangan va “Gerkules operatsiyasi” deb nomlangan tergov davomida Ukraina tomoni tizimli ravishda aksildoping qoidalarini buzgani aniqlangan. Ta'kidlanishicha, Ukraina aksildoping agentligi 2012 yildan boshlab sportchilarni doping tekshiruvdan o‘tishlari haqida oldindan xabardor qilgan va musobaqalarda olingan qon namunalarini musobaqalardan tashqarida olingan deb belgilagan. Bu esa aksildoping qoidalarga zid hisoblanadi.
Mavzuga oid

10:16
Rossiya Bosh shtabi Kursk oblasti to‘la ozod etilgani haqida hisobot berdi

15:38 / 26.04.2025
Trampning yangi rejasi, Putinning sulhi, Kiyevning talablari - Geosiyosiy hafta tahlili

13:54 / 26.04.2025
G‘arbiy sohildagi quvg‘inlar, Falastin uchun kurashayotgan Harvard va portlatilgan rus generali - kun dayjesti

11:31 / 26.04.2025