Ukraina armiyasi ilk bor Donbassda Turkiyaning Bayraktar dronlarini qo‘lladi
Ukrainalik harbiylar ilk marta turklar tomonidan ishlab chiqarilgan Bayraktar rusumli dronlarini qo‘lladi. Ukraina tomoni ma'lumotiga ko‘ra, Donbassda o‘tkazilgan amaliyot orqali dushmanning artilleriya qurilmalariga raketa zarbalari yo‘llangan

Foto: Ukraina qurolli kuchlari qo‘mondonligi
Ukraina qurolli kuchlarining «Vostok» nomli operativ qo‘mondonligi ayirmachilar tomonidan artilleriya zarbasi berilishi oqibatida bir jangchi halok bo‘lgani va yana biri yaralangani haqida xabar qilgan. Katta ehtimol bilan uchuvchisiz uchish qurilmasi orqali qilingan hujum javob zarbasi bo‘lgan.
«Donbass xalq respublikasi» va «Lugansk xalq respublikasi» ukrain armiyasini front chizig‘iga yaqinlashishda ayblagan.

O‘zi nima bo‘ldi?
Bayraktar TB2 orqali ilk zarba haqida ukrainalik harbiy bloger Roman Donik xabar qilgan.
«Dushman propagandachilari bir necha kundan beri Ukraina qurolli kuchlari Minsk kelishuvlarini buzgani va begona hududga kirgani haqida yozishmoqda. Bugun ular maksimal masofada yaqinlashib, 15 kilometrdan Donetsk oblastidagi Granitnoye qishlog‘ini o‘qqa tutishdi. Bunga javoban askarlar va tinch aholi hayotini saqlab qolish uchun havoga «Bayraktar» ko‘tarildi, u dushman batareyasini aniqlab, bir qurilmani yo‘q qildi. Boshqa qurollar yashirib qo‘yilgandi», deb yozadi bloger.
Avvalroq Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba Kiyev Rossiyani «ushlab turish» va o‘z hududini himoyalash uchun Turkiyadan zarbdor dronlarni sotib olganini ma'lum qilgandi.
«Ukraina qurolli kuchlari Ukraina sharqida Turkiyada ishlab chiqarilgan Bayraktar TB2 dronlarini ilk bor qo‘lladi. Dronlar Donetsk oblastining Granitnoye qishlog‘i yaqinida otishma olib borgan Rossiya artilleriyasini yo‘q qilish uchun qo‘llangan», deb aytilgan xabarda.
Bayraktar dronlari Donbassga yuborilgani ma'lum qilingan. Qurilmalar Ukrainaning Donbassdagi ixtilof vaqtida katta yo‘qotishlarga uchragan harbiy aviatsiyasini kuchaytirishga qaratilgan.
2020 yil Armaniston va Ozarboyjon o‘rtasida Tog‘li Qorabog‘da kechgan ixtilofda ham Bayraktar dronlari Boku tomonidan faol qo‘llangandi.
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning ta'kidlashicha, Turkiya tomonidan Ukrainaga qurol berilishi Kiyevning kelgusida uni o‘z xalqiga qarshi qo‘llashiga olib kelishi mumkin.
Joriy yilning aprel oyida Ukraina qurolli kuchlarining Donbassdagi harbiy amaliyoti hududida Bayraktar dronlari payqalgani ma'lum qilingandi.
Bayraktar dronlari 4 tagacha raketa bilan qurollanishi, havoda 12 soatdan 24 soatgacha qolishi va 8 kmgacha uzoqlikdagi nishonlarni mo‘ljalga olishi mumkin. Dron 2014 yilda Turkiya sharqida kurdlarga qarshi amaliyot vaqtida ilk bor qo‘llangan.
Mavzuga oid

08:49
Medinskiy Ukraina delegatsiyasini 16 may kuni ertalab Istanbulda kutadi

21:34 / 15.05.2025
Agar Putin kelmagan bo‘lsa, demak, Istanbulda qiladigan ishim yo‘q – Zelenskiy

19:34 / 15.05.2025
Putin Turkiyaga «ikkinchi tarkib»ni yubordi. Bu nima degani?

19:17 / 15.05.2025