Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Boks bo‘yicha JCh. Lazizbek Mullojonov, Abdumalik Halokov va Madiyar Saidrahimov chorakfinalga yo‘llanma olishdi

Foto: O‘zbekiston boks federatsiyasi
Serbiya poytaxti Belgradda o‘tayotgan boks bo‘yicha jahon chempionatida 7-kungi janglar yakunlandi.
Ushbu kunda ringga ko‘tarilgan o‘zbekistonlik 4 bokschidan 3 nafari chorakfinalga yo‘l oldi. Faqat Shahobiddin Zoirov (-54 kg) yaponiyalik Tomoya Tsuboiga 2:3 hisobida yutqazib, musobaqadagi ishtirokini yakunladi.
+92 kg vazn toifasida Lazizbek Mullojonov britaniyalik Delisius Oreni 5:0 hisobida mag‘lub etdi.

-60 kg vaznda Abdumalik Halokov sloveniyalik Tadey Chernoga ustidan 5:0 hisobida g‘alaba qozondi.

-92 kg vaznda Madiyar Saidrahimov qozog‘istonlik Aybek Oralbayga qarshi qiyin jangda irodali g‘alabaga erishdi. 1-raundni boy bergan vakilimiz qolgan raundlarda vaziyatni o‘z tomoniga og‘dirib, 4:1 hisobida g‘olib bo‘ldi. E'tiborlisi, Madiyar 2-raundda raqibini ikki bor nokdaun holatiga tushirishga ham muvaffaq bo‘ldi.
Chorakfinalda Mullojonov armanistonlik David Chalayanga, Halokov rossiyalik Vsevolod Shumkoga, Saidrahimov angliyalik Uilyam Lyuisga qarshi jang qiladi.
Shu tariqa chorakfinalga chiqqan hamyurtlarimiz soni 4 nafarga yetdi. Avvalroq Nodirjon Mirzahmedov (-48 kg) ham nimchorakfinaldan muvaffaqiyatli o‘tgandi.
Mavzuga oid

09:05 / 16.08.2024
Log‘ondan Parijga yo‘l - futbolchi bo‘lishni orzu qilib, boksda Olimpiada chempioni bo‘lgan Lazizbek Mullojonov uyidan reportaj

01:58 / 10.08.2024
Lazizbek Mullojonov ham Olimpiada chempioniga aylandi

21:09 / 04.08.2024
Lazizbek Mullojonov ham Olimpiada finaliga chiqdi

01:32 / 02.08.2024