Surxondaryoda Spark mashinasini boshqarib ketayotgan maktab o‘quvchisiga chora ko‘rildi

Foto: IIB YHXB
Termiz shahrida Spark mashinasini boshqarib ketayotgan maktab o‘quvchisiga chora ko‘rilgan. Bu haqda Surxondaryo viloyati IIB YHXB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, bugun 2021 yil 2 noyabr kuni ertalab Termiz shahri Fidokor ko‘chasida xizmat vazifasini olib borayotgan viloyat IIB YHXB xodimlari voyaga yetmagan bolaning Spark mashinasini boshqarib ketayotgani guvohi bo‘lishgan.
Spark to‘xtatilgach uni boshqarib ketayotgan ikki nafar bola mashinani tashlab qochib ketgan. Bolalar ushlangach, mashina boshqarib ketayotgan bolaning yoshi 16 da ekani, o‘zi shahardagi 28-maktabning 9-sinfida ta'lim olishi ma'lum bo‘lgan. Shuningdek, uning yonida tengdoshi ham bo‘lgan. Dastlabki surishtiruvda bola akasiga tegishli mashinani uydan so‘roqsiz minib chiqqani aniqlangan.
Qayd etilishicha, mashina jarima maydoniga joylashtirilib, qoidabuzar o‘quvchining otasiga tegishli tartibda chora ko‘rilgan.
Mavzuga oid

21:16 / 11.06.2025
Boysunda vodorod sulfidi gazi miqdori me’yordan oshmagan – Ekovazirlik

18:07 / 10.06.2025
Termizda Damas 17 yoshli skuter haydovchisini urib yubordi. Jabrlanuvchi vafot etdi

18:45 / 09.06.2025
Surxondaryoda 913 mlrd so‘mga «Sangardak» turistik markazi qurilmoqda

10:06 / 07.06.2025