Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Enter Engineering: kompaniya Qarshi shahrida bo‘lib o‘tgan tarmoqlararo sanoat yarmarkasida ishtirok etdi

Foto: Enter Engineering
Qarshi shahrida har yilgi hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi bo‘lib o‘tdi. Keng ko‘lamli tadbirda neft va gaz, kimyo, elektroenergetika, qurilish materiallari ishlab chiqarish, shuningdek charm va poyabzal sanoatiga oid 152 dan ortiq tadbirkorlik sub'yektlari, xorijiy kompaniyalar va mehmonlar, shuningdek, yirik mahalliy sanoat korxonalari o‘z mahsuloti va xizmatlarini stendlar orqali namoyish etdilar. Ular safida Enter Engineering ham bor.


Ochilish marosimida qatnashchilarning vakillari va mas'ullar shaxslar so‘zga chiqdilar. Qashqadaryo viloyati hokimi Zoir Mirzayev, o‘z so‘zida jumladan, shunday ta'kidladi:
– Bu yilgi yarmarkada, o‘tgan yillardan farqli o‘laroq, butun respublikadan tadbirkorlar va sanoat korxonalari vakillari ishtirok etmoqda. Ushbu ko‘rgazma Qashqadaryo uchun ham muhim ahamiyatga ega, u viloyatimizning ijtimoiy-iqtisodiy o‘sishiga yordam beradi. Yarmarkada barcha ishtirokchilar uchun ularning darajasi va ishlab chiqarish quvvatidan, qat'i nazar, teng sharoitlar yaratib berildi.


Ko‘rgazmaga nafaqat mahalliy, balki xorijlik ishlab chiqaruvchilar ham taklif etildi. Ko‘rgazma unda ishtirok etayotgan barcha korxonalar va tashkilotlarning kelgusidagi faoliyati uchun foydali bo‘lishi aniq.

Ushbu ko‘rgazma tadbirkorlar, ishlab chiqaruvchilar va kompaniyalarga barqaror kelishuvlarga erishish, eng muhimi, bozor ehtiyojini o‘rganish va tahlil qilish imkoniyatini beradi. Bunday miqyosdagi tadbirlari nafaqat alohida tarmoqlar, balki butun respublikaning iqtisodiy taraqqiyoti uchun xizmat qiladi.

Ertaga, yarmarkaning ikkinchi kuni tartibidan seminarlar va turli soha assotsiatsiyalari tomonidan taqdimotlar joy olgan. Shuningdek, tarmoq korxonalari va regional ishlabchiqaruvchilar o‘rtasida o‘zaro kelishuv to‘g‘risidagi memorandumni imzolanishi kutilmoqda.
Enter Engineering kompaniyasi PR-departamentiⓉ
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Maldiv – Muslim friendly formatida dam olish uchun ideal tanlov
Jamiyat | 19:00 / 25.07.2025
-
Andijondagi fabrika oqova suvlari bilan kanalni ifloslantirdi
Jamiyat | 23:09 / 26.07.2025
-
iPhone va avtosug‘urtada yangi narxlar, Navoiyda qalin smog - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 22:40 / 26.07.2025
-
Yaponiya ayollarning umr ko‘rish davomiyligi bo‘yicha navbatdagi rekordni o‘rnatdi
Jahon | 22:38 / 26.07.2025
Mavzuga oid

17:39 / 07.06.2025
Bir nechta tashkilotlar Enter Engineering kompaniyasini sudga berdi

13:00 / 08.07.2022
Birgalikda yaxshilik qilamiz: ERIELL Group, Enter Engineering va Humo Arena tomonidan xayriya aksiyasi o‘tkazildi

15:25 / 16.11.2021
MTO GKK: ishbilarmonlar forumida Buxoroda bunyod etilajak qiymati 2,5 mlrd AQSh dollariga teng gaz-kimyo majmuasi taqdimoti bo‘ldi

14:30 / 04.11.2021