Misrda chayonlar hujumi: uch kishi halok bo‘lib, yuzlab kishilar jabrlandi
Misrda kuchli yomg‘ir tufayli shahar ko‘chalariga chayonlar yopirilishidan keyin uch kishi hashorat chaqishidan vafot etib, yuzlab kishilar zaharlandi.

Foto: AFP/Getty Images
Mamlakat janubida, Nil daryosi yoqasida joylashgan Asuan shahri hashoratlar hujumiga uchragan. Mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi mutasaddisining so‘zlariga ko‘ra, suv toshqinidan keyin shaharda 450 nafardan ortiq kishini chayon chaqqan.
Juma kuni Nil daryosi atrofidagi hududlarda kuchli yomg‘ir yog‘ib, jala va do‘l kuzatilgan, chayonlarni ularni doimiy yashash joyi - tog‘ va cho‘l hududlardagi inlaridan shaharlar tomon yo‘naltirgan. bunday ob-havo ushbu hudud uchun noodatiy hisoblanadi, natijada ko‘plab chayonlar va ilonlar ko‘chalarga oqib kelgan.
Sog‘liqni saqlash vazirligidan xabar berishlaricha, tog‘lar va sahro yaqinida joylashgan qishloqlardagi tibbiy markazlarga zaharga qarshi vositalarning qo‘shimcha dozalari yuborilgan.
Aholi vaksinatsiyasiga jalb qilingan tibbiyot xodimlarining bir qismi chayon chaqishidan jabrlangan kishilarga yordam ko‘rsatishi uchun chaqirib olingan.
Aholi uydan chiqmaslikka chaqirilmoqda va daraxtzorlar ichiga kirmaslik tavsiya etilmoqda.
Misr - semiz dumli chayonlar (Androctonus crassicauda) vatani hisoblanadi, bu dunyodagi eng xavfli chayon turidir. Bunday chayon zahri og‘ir zaharlanish chaqiradi va chayon chaqqan odam bir soat ichida vafot etishi mumkin. Qora chayon chaqishi ayniqsa bolalar va keksalar uchun xavfli hisoblanadi.
Chayon chaqishi simptomlari sirasiga nafas olishda qiynalish, mushaklardagi spazmlar va bosh aylanishini keltirish mumkin.
Zaharga qarshi vositalar simptomlar paydo bo‘lishidan oldin profilaktik chora sifatida qo‘llanadi, ammo bunday dori alomatlar yomonlashishidan keyin ham samarali bo‘lishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Husanov nega o‘ynamayapti?
Sport | 10:00 / 01.05.2025
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50 / 30.04.2025
Fuqarolarga yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtirilyapti
O‘zbekiston | 11:37 / 30.04.2025
Toshkentda avtobuslar konditsioneri qachon yoqiladi?
O‘zbekiston | 20:40 / 29.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Paradga tayyorgarlik, qozoq oltin vizasi va chegarada otilgan jangarilar
Jahon | 12:42
-
«Barsa» amalladi, «Bavariya»ning chempionligi kechiktirildi. Kun o‘yinlari
Sport | 12:27
-
“Harakatim ko‘p, shuning uchun sog‘lomman” – 75 yoshli bog‘bon aya
Jamiyat | 11:00
-
Muddatli to‘lov bozorini tartibga solish boshlanadi
Iqtisodiyot | 10:11
Mavzuga oid

14:05 / 03.05.2025
Misr O‘zbekistonda qurilish yo‘nalishidagi loyihalar yuzasidan muzokara o‘tkazmoqda

12:58 / 03.05.2025
Misrda o‘zbekistonlik talabalar uyushmasi tashkil etilishi mumkin

11:11 / 03.05.2025
Misr O‘zbekistonda sport kiyimlarini ishlab chiqarishi mumkin

14:53 / 31.03.2025