Qamchiq dovonida qor: maxsus texnikalardan foydalanishga to‘g‘ri kelmoqda
“Qamchiq” dovonida qor yog‘moqda. Qor qalinligidan dovondagi yo‘llarni tozalash uchun maxsus texnikalardan foydalanishga to‘g‘ri kelmoqda.

Foto: Kun.uz
Dovondagi yo‘llarni tozalash bilan “Qamchiqavtoyo‘l” ixtisoslashtirilgan yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi shug‘ullanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, “O‘zgidromet” yangi hafta boshida havo keskin sovishi, ayrim joylarda qor yog‘ishidan ogohlantirgan.
Dushanba kuni ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘ishi, seshanbada O‘zbekistonning shimoliy hududlariga, seshanba-chorshanba kunlari esa respublikaning barcha hududlariga Volga bo‘yi orqali Rossiyaning Yevropa hududi (Moskva viloyati) ustida shakllangan nam va sovuq havo massasi kirib kelishi kutilmoqda.
16–17 noyabrda respublika bo‘yicha shamol tezligi 17-22 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Ba'zida 25-28 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Ayrim hududlarda changli bo‘ron bo‘ladi.
Mavzuga oid

13:41 / 28.04.2025
Qamchiqda Isuzu ishtirokida YTH ro‘y berdi

16:14 / 11.04.2025
Namanganda YPX xodimlari noqonuniy olib ketilayotgan 360 ta iPhone’ni “qo‘lga oldi”

13:49 / 02.04.2025
Qamchiqda Hyundai miniveni xandaqqa quladi

21:37 / 07.03.2025