Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda «Ayollar» va «Yoshlar daftari»ga kiritilgan 2 mingga yaqin fuqaroga kredit berilgani haqida yolg‘on hisobot tayyorlangani ma'lum qilindi
Qashqadaryo viloyatida Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi hamda Yoshlar ishlari agentligining viloyat mas'ullari «Ayollar daftari» va «Yoshlar daftari»ga kiritilgan fuqarolarga kredit berilgani haqida yolg‘on hisobotlar tayyorlagan. Bu haqda viloyat hokimi ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda ma'lum qilingan. Bu haqda Kun.uz’ga viloyat hokimligi axborot xizmati rahbari xabar berdi.

Foto: KUN.UZ
Yig‘ilishda ma'lum qilinishicha, 2021 yil 31 oktabr holatiga ko‘ra, viloyatda «Yoshlar daftari»ga kiritilgan 48 797 nafar yoshdan 46 572 nafari, shundan 4 949 nafariga imtiyozli kreditlar ajratilib platforma orqali daftardan chiqarilgan.
Yoshlar agentligining viloyat boshqarmasi tomonidan taqdim etilgan elektron baza hamda Markaziy bankning kredit ajratilganligi to‘g‘risidagi elektron bazasi solishtirilganida 4949 nafar yoshdan 588 nafariga aslida kredit ajratilmagani ma'lum bo‘lgan.
Yakkabog‘ tumanida yashovchi 10 nafar yosh bilan telefon orqali suhbatlashilganda ularning 3 nafari kredit olish uchun murojaat qilmagani, 1 nafari murojaat qilgani, ammo ijobiy hal etilmagani ma'lum bo‘lgan.
Bundan tashqari, 2021 yilning 1 noyabr kuni viloyat Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi tomonidan taqdim etilgan elektron ma'lumotlar va Markaziy bankning elektron bazasi solishtirilganida «kreditlar ijobiy hal etildi» deb ko‘rsatilgan 1340 nafar ayolga kredit berilgani haqida yolg‘on ma'lumot rasmiylashtirilgani aniqlangan.
Jumladan, 250 nafar ayol bilan telefon orqali gaplashilganda 63 nafar ayol kredit olish uchun murojaat qilmaganini aytgan.
Holat yuzasidan suhbat o‘tkazilganda hudud mas'ullari iqtisodiy-ijtimoiy ma'lumotlardan xabarsiz ekani yoki aniq raqamlarga ega emasligi aniqlangan.