«Avtomobil yuvish shoxobchalarining 60-70 foizi toza artezian suvlaridan foydalanmoqda» - Islombek Boqijonov
Kecha, 26 noyabr kuni AOKA majlislar zalida Ekologiya qo‘mitasi mutasaddilari ishtirokida yer-suv resurslaridan foydalanish masalalariga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi.
Kun.uz muxbiri xabariga ko‘ra, tadbirda qo‘mita raisi o‘rinbosari Islombek Boqijonov joylarda ichimlik suvlarining qishloq xo‘jaligi yoki boshqa ehtiyojlar uchun ishlatib yuborilayotgani borasidagi savolga javob berdi.
«Yerosti suvlarining ortiqcha va belgilanmagan maqsadlar uchun ishlatib yuborilishi dolzarb muammo. Bu haqda prezident ham 24 avgustdagi selektorida gapirgandi.
Hozir artezian suvlaridan davlat Geologiya qo‘mitasi ruxsatnomasi bilan foydalanish mumkin. Lekin ko‘ryapmizki, yer ostining qaysidir qismida suvlar kamayib ketishi natijasida daraxtlar qurib qolyapti. Biz shundan kelib chiqqan holda, hukumatdan, yerosti suvlari nazoratini Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasiga berishni so‘rayapmiz.
Joylarda bizning 220 nafardan ortiq inspektorimiz bor. Ular o‘z vazifasini bajarish davomida yerosti suvlari nazoratini ham qilib boradi», – dedi u.
Qo‘mita raisi o‘rinbosariga ko‘ra, iste'molga yaroqli suvlarning isrofgarchiligi kuzatilayotgan yana bir yo‘nalish sifatida avtomobillar yuvish shoxobchalari faoliyatini ko‘rsatish mumkin.
«Joylarda 2 mingdan ortiq avtomobil yuvish shoxobchalari bor. Ularning 60-70 foizdan ortiqrog‘i hozir ham yerosti artezian suvlaridan foydalanadi. Bularning ruxsatnomasi bo‘lishi kerak. Shuningdek, ularga bir ishlatgan suvini tozalab, yana qayta ishlatish vazifasi qo‘yilgan.
Ular ichida ichimlik suvidan foydalanadiganlar ham bor, ularni kesib tashlash kerak.
Biz hozir respublikadagi barcha inspektorlarimizga topshiriq berganmizki, unga ko‘ra, suvdan foydalanuvchi fermer, tadbirkorlarning nazorati yuritila boshlandi.
Ularning faoliyati ham bosqichma-bosqich qonuniylashishi kerak, qonuniylashmasa, ularning ishini sudga yuboramiz», — dedi Boqijonov.
Tavsiya etamiz
Husanov nega o‘ynamayapti?
Sport | 10:00 / 01.05.2025
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50 / 30.04.2025
Fuqarolarga yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtirilyapti
O‘zbekiston | 11:37 / 30.04.2025
Toshkentda avtobuslar konditsioneri qachon yoqiladi?
O‘zbekiston | 20:40 / 29.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Filippinda yuz bergan YTHda 10 kishi halok bo‘ldi
Jahon | 01:24
-
Zelenskiy Trampdan eng kuchli qartalar to‘plamini oldi - AQSh moliya vaziri
Jahon | 00:52
-
NASA’ning ikki ayol astronavti XKS bortidan ochiq kosmosga chiqdi
Fan-texnika | 00:20
-
Payariq hokimining ta’qibi ortidan qamalgan tadbirkorni Oliy sud ozod qildi
O‘zbekiston | 23:37 / 01.05.2025
Mavzuga oid

12:15 / 28.04.2025
Farg‘onada 1 maydan ichimlik va oqova suv xizmatlari narxi oshadi

21:21 / 05.04.2025
Qozog‘iston O‘zbekistondan sug‘orish uchun 12,6 milliard kub metr suv oldi

10:06 / 04.04.2025
O‘zbekistonda suv resurslari taqchilligi: muammolar va yechimlar

10:23 / 19.03.2025