Jahon | 23:26 / 01.12.2021
5172
1 daqiqa o‘qiladi

Efiopiyada armiya ayirmachilardan YuNeSKO ro‘yxatiga kiritilgan shaharni qaytarib oldi

Efiopiya qurolli kuchlari tigraylik ayirmachilardan Lalibela shahrini to‘liq qaytara oldi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri devonxonasida ma'lum qilindi.

Foto: Eric Lafforgue/Art in All of Us/Corbis via Getty Images

“Lalibela tarixiy shahri ozod qilindi va Tigray ozodlik xalq fronti bosqinidan tozalandi”, deb aytilgan xabarda.

Bundan tashqari, armiya shahar aeroporti ustidan nazorat ham o‘rnatgan.

Lalibela efiopiyalik xristianlarning muhim diniy markazi bo‘lib,  u YuNeSKO ro‘yxatiga kiritilgan ikkita yirik cherkovlar majmuasi bilan mashhur. Cherkovlardan eng mashhuri Avliyo Georgiy cherkovi XII asr oxiri XIII asr boshida qurilgan.

Efiopiyada 2020 yil noyabrdan beri Tigray ozodlik xalq fronti va hukumat qo‘shinlari o‘rtasida to‘qnashuvlar bormoqda. Front hukumatdan Tigray regioni ishlariga aralashmaslikni talab qilmoqda.

Mavzuga oid