Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Belgiyada begemotlarda ilk bor COVID-19 aniqlandi
Jonivorlar qanday qilib infeksiya yuqtirgani tushunarsiz bo‘lib qolmoqda, chunki ularga qaraydigan barcha xodimlarda koronavirusga test manfiy bo‘lgan.

Foto: Getty Images
Belgiyaning Antverpen shahridagi hayvonot bog‘ida yashovchi ikki begemotda koronavirus aniqlandi. Sciensano instituti olimlari ularning qay tarzda kasallik yuqtirganini anglashga urinmoqda, deb yozadi Nieuwsblad nashri.
Qayd etilishicha, Imani va Germiyen laqabli begemotlarda koronavirusni Belgiya tibbiyot instituti olimlari aniqlagan.
«Jonivorlar qanday qilib infeksiya yuqtirgani tushunarsiz bo‘lib qolmoqda, ularga qaraydigan barcha xodimlarda koronavirusga test manfiy bo‘lgan», — deyiladi xabarda.
Jonivorlar kasallanganini ularning «so‘lak tupurayotganini» ko‘rgan zoopark veterinari payqab qolgan. Har ikki begemotda SOVID-19ga olingan test musbat chiqqan. Bu begemotlarda mazkur infeksiya aniqlangan ilk holatdir.
Mavzuga oid

15:03 / 10.12.2024
Xitoy koronavirus Uhan laboratoriyasida yaratilganini rad etdi

17:43 / 03.12.2024
AQSh kongressmenlari koronavirus laboratoriyada yaratilganiga beshta dalil keltirdi

23:36 / 19.09.2024
Olimlar Xitoydagi Uxan bozori koronavirusning dastlabki o‘chog‘i bo‘lganini isbotladi

13:54 / 18.09.2024