Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rishtonda Kulolchilik markazi tashkil etiladi

Foto: Kun.uz
Prezidentning “Farg‘ona viloyati Rishton tumanida hunarmandchilikni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, “Hunarmand” uyushmasi va Farg‘ona viloyati hokimliklarining Rishton tumani “To‘da” MMTP hududidagi 0,85 gektar sug‘oriladigan ekin yer maydonida hamda “Oq yer” MFY hududida joylashgan Rishton Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumining 0,50 gektar qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan bo‘sh turgan yer maydonlarida Kulolchilik markazini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma'qullanadi.
Farg‘ona viloyati hokimligi, Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda:
- Farg‘ona viloyati Rishton tumani Farg‘ona-Qo‘qon avtomagistral yo‘l yoqasida joylashgan “To‘da” MMTP hududi tuproq xaritasining 395k-konturidagi 0,85 gektar sug‘oriladigan ekin yerini yer fondining qishloq xo‘jaligida foydalanilmaydigan yerlar toifasiga o‘tkazilishini va O‘zbekiston yer fondiga tegishli o‘zgartirishlar kiritilishini;
- qishloq xo‘jaligidan boshqa maqsadlarda foydalanish uchun olib qo‘yiladigan sug‘oriladigan yerlar uchun kompensatsiya to‘lovi (qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari) tadbirkorlik sub'yektlari tomonidan qoplanishini;
- Rishton tumani “To‘da” MMTP hududidagi 0,85 gektar maydonni belgilangan tartibda zaxiraga qabul qilish va kulolchilik markazini tashkil etish uchun belgilangan tartibda ajratib berilishini;
- ilg‘or xorijiy tajribalar asosida markaz tashkil etilishi va uni zamonaviy talablar asosida loyihalashtirish va qurish ishlari boshlanishini ta'minlaydi.
Belgilab qo‘yilishicha, birinchi navbatda Rishton tumanidagi uy xo‘jaligida faoliyat yuritayotgan tashabbuskorlarga milliy kulolchilik mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini kengaytirish uchun yer uchastkalari elektron onlayn-auksion orqali beriladi.
Tashabbuskorlarga quyidagi shartlar asosida beriladi: milliy kulolchilik obektlarini tashkil etish, shuningdek, milliy kulolchilik mahsulotlari ishlab chiqarish, savdo do‘konlari, ishlab chiqarish ustaxonalarini tashkil etish bo‘yicha investitsiya loyihalarini amalga oshirish yuzasidan biznes-reja yoki texnik-iqtisodiy asosga ega ekanligi; yuqoridagi faoliyatni yuritish uchun zaruriy ko‘nikma, mol-mulk va boshqa vositalarga ega bo‘lish hamda yangi ish o‘rinlarini yaratish.
Tavsiya etamiz
Tramp qamchini qo‘lga olyaptimi?
Jahon | 09:05 / 31.07.2025
Yangi eskrou tizimi. Bu uy-joy narxini yanada qimmatlashtiradimi?
Ko‘chmas mulk | 11:37 / 30.07.2025
Urush balosi: «Aeroflot»ni nega «buzishdi»?
Jahon | 23:22 / 29.07.2025
«Aeroflot»ga hujum. Bir kundan keyin nimalar ma’lum?
Jahon | 21:16 / 29.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti rahbari o‘zgardi
O‘zbekiston | 00:58
-
Sloveniya Isroilga qurol embargosini joriy qildi
Jahon | 23:57 / 01.08.2025
-
Rossiyada til bilmaydigan migrantlarni ba’zi kasblarga ishga qabul qilmaslik taklif etildi
Jahon | 23:35 / 01.08.2025
-
Xitoyda odamsimon robot ilk bor universitetga qabul qilindi
Fan-texnika | 23:25 / 01.08.2025
Mavzuga oid

11:27 / 20.08.2024
Rishtonda Xitoy tajribasi asosida chinni buyumlar ishlab chiqarish rivojlantiriladi

16:28 / 17.08.2024
Toshkentda milliy hunarmandchilik namunalari ko‘rgazma-savdosi bo‘lib o‘tmoqda

22:14 / 30.03.2024
Marg‘ilonda hunarmandchilik, tadbirkorlik va dizayn bo‘yicha UNESCO treningi boshlandi

10:37 / 30.03.2024