SSV: O‘zbekistonda vaksina olishi ko‘zda tutilgan aholining 55 foizi to‘liq emlandi

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi
11 dekabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda emlanishi ko‘zda tutilgan aholining 55 foizi koronavirusga qarshi to‘liq emlandi.
SSV xabariga ko‘ra, umumiy hisobda to‘liq emlash kurslarini olgan fuqarolar soni 11 797 635 nafarni tashkil qilmoqda.
Shundan:
- 793 431 nafari 65 yoshdan oshganlar,
- 421 017 nafari tibbiyot xodimlari,
- 420 552 nafari maktab o‘qituvchilari,
- 164 466 nafari maktabgacha ta'lim tashkilotlari xodimlari,
- 782 182 nafari surunkali kasalligi bor fuqarolardir. Qolgan vaksinalar aholining boshqa qatlamlarini emlash uchun qo‘llanilgan.
Bundan avval O‘zbekistonga Pfizer vaksinasining 301 860 dozalik partiyasi olib kelingani, O‘zbekistonda foydalanishga topshirilgan jami vaksinalar soni 50 mln dozaga yaqinlashgani haqida xabar berilgandi.
Ma'lumot uchun, mamlakatda aholini koronavirusga qarshi emlash tadbirlari 1 apreldan boshlandi. Iyun oxiridan boshlab Toshkentda 18 yoshdan oshganlarni koronavirusga qarshi ommaviy emlash boshlangan, 28 sentyabrdan 12 yoshdan katta bolalarni ham koronavirusga qarshi Pfizer vaksinasi bilan ixtiyoriy ravishda emlashga ruxsat berilgandi.
22 noyabrdan esa kovidga qarshi to‘liq bosqichlarda emlangan fuqarolarning buster doza (to‘liq emlangan fuqarolarning kasallikka qarshi immunitetini mustahkamlash maqsadida qaytadan oladigan vaksina dozasi) bilan ixtiyoriy emlanishiga start berildi.
Tavsiya etamiz
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
O‘zbekistonliklar eng ko‘p Green Card yutganlar orasida 1-o‘rinni egalladi
Jahon | 22:24 / 12.05.2025
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Jizzaxda 4,7 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanildi
Jamiyat | 09:27
-
VUM: FAW yangi avlodi INNOPROM ko‘rgazmasida – ishonchli texnologiyalar, mahalliy ishlab chiqarish va zamonaviy yechimlar bir joyda
O‘zbekiston | 09:00
-
Fuqaroni 30 ming dollar evaziga AQShga ishga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi
Jamiyat | 08:59
-
Putin va Tramp Ukraina bo‘yicha muzokaralar uchun Istanbulga kelmaydi
Jahon | 08:00
Mavzuga oid

21:15 / 24.08.2024
Yevrokomissiya respirator viruslar tarqalishiga qarshi vaksinani ma’qulladi

23:25 / 15.10.2022
Koronavirusdan o‘lim miqdori rekord darajada pasaydi

10:21 / 09.02.2022
SSV emlanishga chaqirmoqda: Zangiotada o‘lim holatlari emlanmaganlar orasida qayd etilgan

19:45 / 26.01.2022