Jahon | 19:46 / 15.12.2021
2625
1 daqiqa o‘qiladi

Ruminiyada ko‘chirmakashlik va yolg‘onchilikda ayblangan vazir iste’foga chiqishga majbur bo‘ldi

Ruminiya matbuotida Florin Roman magistrlik dissertatsiyasini yozishda ko‘chirmakashlik qilgani to‘g‘risida maqolalar chop etilgan.

Foto: AP

Ruminiya tadqiqotlar, innovatsiyalar va raqamlashtirish vaziri Florin Roman plagiatda ayblangani sababli iste’foga chiqdi.

“Bugun vazir lavozimidan iste’foga chiqdim. Bu mojaro hukumat ishiga zarar yetkazishini xohlamayman”, — deb yozdi Roman Facebook sahifasida.

Vazirning ta’kidlashicha, “biror instansiya, komissiya qarori yo‘q bo‘lishiga qaramasdan, unga plagiator yorlig‘ini yopishtirishgan”.

Avvalroq bosh vazir Nikolaye Chuke Romandan unga nisbatan e’lon qilingan ayblovlar bo‘yicha izoh berishini talab qilgandi.

Ruminiya matbuotida Roman magistrlik dissertatsiyasini yozishda ko‘chirmakashlik qilgani to‘g‘risida maqolalar chop etilgan. Keyinroq matbuot uning tarjimayi holidagi Babesh-Boyyai universitetini bitirgani va axborot tizimlari nazariyasi haqidagi kitob muallifi ekani aytilgan ma’lumotlarni ham yolg‘on deb atadi.

Mavzuga oid