Surxondaryoda fermer xo‘jaligiga tegishli yerni sotib yuborgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Foto: KUN.UZ
Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumanida fermer xo‘jaligiga tegishli yerni 33 million so‘mga sotib yuborgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, 2021 yil 1 dekabr kuni Sho‘rchi tuman IIB Tergov bo‘linmasidan tushgan hujjatlarga ko‘ra, tumanning Savurtepa mahallasida yashovchi, I.Ikromning arizasiga asosan tergovga qadar surishtiruv o‘tkazilgan.
Surishtiruv davomida aniqlanishicha, Qumqo‘rg‘on tumani Gultepa mahallasida yashovchi, T.Toshmurod 2021 yil avgust oyida shu mahallada joylashgan fermer xo‘jaligiga qarashli 10 sotix yerni o‘ziga tegishli ekanligini aytib, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib berishini va’da qilgan.
So‘ng I.Ikromdan 33 million so‘m pullarni olib, bergan va’dasini bajarmasdan pullarni o‘z ehtiyojiga ishlatib yuborgan.
Qayd etilishicha, joriy yil 1 dekabr kuni T.Toshmurodga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid

21:16 / 11.06.2025
Boysunda vodorod sulfidi gazi miqdori me’yordan oshmagan – Ekovazirlik

18:07 / 10.06.2025
Termizda Damas 17 yoshli skuter haydovchisini urib yubordi. Jabrlanuvchi vafot etdi

18:45 / 09.06.2025
Surxondaryoda 913 mlrd so‘mga «Sangardak» turistik markazi qurilmoqda

10:06 / 07.06.2025