Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buxoroda fuqaro mast holda o‘z yangasini pichoqladi
Romitan tumanida 38 yoshli fuqaro janjal tufayli mast holda o‘z akasining turmush o‘rtog‘ini pichoqlagan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, holat 4 yanvar kuni soat 22:00 larda sodir bo‘lgan. Tumanning Sho‘rcha mahallasida yashovchi, 38 yoshli H.N. spirtli ichimlik iste’mol qilgan holda o‘z akasining turmush o‘rtog‘i, 1982 yilda tug‘ilgan K.D. bilan janjallashib qolgan. Janjal oqibatida u oshxona pichog‘i bilan yangasiga og‘ir tan jarohati yetkazgan. Jabrlanuvchi tuman markaziy kasalxonasiga yotqizilgan.
Holat yuzasidan H.N.ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Viloyat IIB rahbariyati tomonidan Sho‘rcha mahallasida jinoyat muhokamasi o‘tkazilgan. Muhokamada jinoyatning kelib chiqish sabablari tahlil qilinib, kelgusida bu kabi jinoyatlarning oldini olish uchun mas’ullarga aniq ko‘rsatmalar berilgan.
Mavzuga oid

19:49 / 23.07.2025
Buxoroda elektr toki urishi oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi

12:33 / 11.07.2025
Buxoroda sifati kafolatlanmagan dorilar savdosiga chek qo‘yildi

09:54 / 09.07.2025
Buxoroda qutqaruvchilar tomonidan 9 kishining hayoti saqlab qolindi

20:42 / 06.07.2025