Toshkentda yana bir «Malibu» haydovchisi inspektor talabiga bo‘ysunmadi va ko‘prik ustida to‘xtatildi
Ijtimoiy tarmoqlarda "Malibu" rusumli avtomashina YPX inspektorining qonuniy talabiga bo‘ysunmagani aks etgan video tarqaldi. Toshkent shahar IIBB mazkur holat yuzasidan ma’lumot berdi.

Foto: IIBB axborot xizmati
Qayd etilishicha, joriy yilning 9 yanvar kuni taxminan soat 21:45 larda Toshkent shahar Chilonzor tumani Gavhar ko‘chasida xizmat olib borayotgan IIBB YHXB YPX inspektori katta serjant A.Ismoilov tomonidan "Malibu" rusumli avtomashinaga hujjatlarini tekshirish maqsadida hushtak va jyezl tayoqchasi yordamida to‘xtash ishorasi berilgan. Avtomashina haydovchisi YPX inspektorining to‘xtash haqidagi qonuniy talabiga bo‘ysunmay harakatini davom ettirgan.
YPX inspektorlarining ko‘rgan tezkor chora-tadbirlari natijasida avtomashina Bunyodkor va Cho‘ponota ko‘chalari chorrahasida joylashgan ko‘prik ustida to‘xtatilgan hamda haydovchi tomonidan sodir etilishi mumkin bo‘lgan boshqa og‘irroq oqibatlarning oldi olingan.
Aniqlanishicha, avtomashinani boshqargan 1999 yilda tug‘ilgan fuqaro R.A.ning haydovchilik guvohnomasi, avtomashinani boshqarish uchun ishonchnoma va avtomashina oynalarini qoraytirish uchun tegishli ruxsatnomasi bo‘lmagan.
Haydovchiga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 126- (“Ko‘zgusimon va (yoki) tusi o‘zgartirilgan (qoraytirilgan) oynali, shuningdek tevarak-atrofni ko‘rishni cheklaydigan qoplamali transport vositalaridan foydalanish”), 135- (“Yo‘l harakati qoidalarida nazarda tutilgan hujjatlari bo‘lmagan shaxslarning transport vositalarini boshqarishi”), 194-moddalariga (“Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik”) asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, avtomashina vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga joylashtirilgan.
Avvalroq, Toshkentda ichki ishlar xodimlari «Malibu» haydovchisiga nisbatan o‘qotar qurol qo‘llagani xabar berilgandi.
Mavzuga oid

22:33 / 30.04.2025
Toshkentda to‘rtta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

00:24 / 29.04.2025
Toshkentda Malibu YPX xodimini sudrab ketdi, Tracker esa chorrahani tartibga solayotgan inspektorni urib yubordi

21:47 / 28.04.2025
Malibu-2 avtomobillari O‘zbekistonga Xitoydan yuborilmoqda - UzAuto Motors

11:18 / 22.04.2025