Buxoroda 50 gektar yer olib bermoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi

Foto: Prokuratura departamenti
Kogon tumanida fuqaroga 50 gektar yer maydoni olib berishni va’da qilgan muhandis va bosh mutaxassis qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, Davlat kadastrlari palatasining Kogon tumani filiali muhandisi F.X. va tuman hokimligi bosh mutaxassisi S.R. fuqaro A.ning ishonchiga kirib, unga zaxiradagi yer maydonidan 50 gektarini ajratib berishni va’da qilishgan. Ular “bu xizmat” evaziga 600 AQSh dollari va 1,5 mln so‘mni olgan vaqtida departament hamda DXXning Buxoro viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda ushlangan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Oldinroq Kogon shahrida fuqaroga savdo va maishiy xizmat uyi qurish uchun yer maydoni olib bermoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olingandi.
Mavzuga oid

21:52 / 12.06.2025
Buxoro viloyati hokimi hujjati yo‘q binoni “ichidagi odami bilan ko‘mib tashlash”ni buyurdi

14:04 / 10.06.2025
Buxoroda 2 yoshli bola ikkita tangani yutib yubordi

09:25 / 05.06.2025
Yer maydonlarini 500 ming dollardan ortiq mablag‘ga sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi

17:58 / 03.06.2025