Namanganda 500 mln so‘mlik tovar moddiy boyliklarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi
Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumanidagi xonadonlardan birida 500 mln so‘mlik noqonuniy 85 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari va spirtli ichimliklar mavjudligi aniqlangan.

Foto: Viloyat bojxona boshqarmasi
Viloyat Bojxona Boshqarmasining kun.uzga ma’lum qilishicha, Yangiqo‘rg‘on tumani Qizilyozi mahallasida yashovchi, K.M.ning xonadoni ko‘zdan kechirilganda, taxminiy qiymati 500 mln so‘mlik 85 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari va spirtli ichimliklar mavjudligi aniqlangan.
Surishtiruv tadbirlari davomida, ushbu mahsulotlarni Yangiqo‘rg‘on tumani Do‘stlik mahallasida yashovchi S.S.ga tegishli ekanligi va u mazkur tovar-moddiy boyliklarini Qirg‘iziston Respublikasi hududidan chegaradan aylanma yo‘llar orqali noqonuniy tarzda olib o‘tib, qarindoshi Q.J. orqali, qo‘shnisining yashash xonadoniga vaqtincha saqlab turish uchun olib kelib joylashtirganligi aniqlangan.
Hozirda holat yuzasidan viloyat Bojxona Boshqarmasi tomonidan tergovga qadar surishtiruv tadbirlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

10:43 / 28.04.2025
Namanganda 25 nafar bolani olib ketayotgan Damas aniqlandi

15:49 / 27.04.2025
Namanganda hojatxonaga tushib ketgan 3 yoshli bola qutqarildi

15:59 / 26.04.2025
“Namanganda avtomobillarni ijaraga beruvchi guruhlarning 90 foiz a’zosi o‘quvchilar” - viloyat YHXB boshlig‘i

17:47 / 23.04.2025