OAV Ukraina milliarderlari mamlakatni tark etayotganidan xabar topdi

Foto: Getty Images
13 fevral kuni Kiyevdan 20ga yaqin charter reyslar va ukrain biznesmenlarining xususiy samolyotlari uchib ketgan. «Ukrainskaya pravda» xabariga ko‘ra, bunaqasi so‘nggi olti yillikda kuzatilmagandi.
Shu kuni Ukrainani Rinat Axmetovning (Forbes talqiniga ko‘ra, Ukrainaning birinchi raqamli milliarderi) va Boris Kolesnikovning (55-o‘rin) samolyotlari tark etgan. Nashr ma’lumotiga ko‘ra, Axmetov 30 yanvar kuniyoq Tsyurixga yo‘l olgan, hozirda esa Kiyevdan uning yana bir samolyoti uchib ketgan.

Kolesnikov Ukrainada bo‘lib turgani va hech qayerga ketmoqchi emasligini bildirgan.

So‘nggi haftalarda Ukrainani ko‘plab biznesmenlar tark etishgan. 30 yanvar kuni Viktor Pinchuk (Forbes ro‘yxatida 2-o‘rin), 10 fevral kuni — Vadim Novinskiy (8-o‘rin) va Aleksandr Yaroslavskiy (9-o‘rin), 12 fevral kuni — Vasiliy Xmelnitskiy (29-o‘rin) va Vadim Stolar (64-o‘rin), 13 fevral kuni — Andrey Stavnitser (49-o‘rin) va Vadim Nesterenko (96-o‘rin) mamlakatdan chiqib ketgan.
Stavnitserning vakili u xizmat safarida ekani va tez orada qaytishini ma’lum qilgan. Xmelnitskiyning matbuot xizmatidagilar uning safari oldindan rejalashtirilgani va u 20 fevral kuni qaytishi, biznesmenning farzandlari Ukrainada qolganini bildirgan.
Nashr manbasi ma’lumotiga ko‘ra, deputat Igor Abramovich 50 kishi uchun xususiy bort buyurtma qilgan, bu reys Kiyevdan Venaga uning partiyadoshlarining va biznes-hamkorlarining qarindoshlarini olib uchishi mo‘ljallangan.
Mavzuga oid

16:59
Kiyev sudi Ukraina sobiq prezidenti Viktor Yanukovichni sirtdan 15 yilga hukm qildi

16:41
Putin 9 may kuni Ukrainada o‘t ochish to‘xtatilishini e’lon qildi

15:23
«Bu muhim hafta bo‘ladi» - Rubio tinchlik muzokaralari haqida

13:52