Kiyevda havo hujumidan ogohlantiruvchi sirena chalindi. Qochish mumkin bo‘lgan metro stansiyalari e’lon qilindi
Ukraina poytaxti Kiyevda havo hujumidan ogohlantiruvchi trevoga sirenasi chalindi. Bu holat tasvirlangan videolar Ukraina OAVsida tarqaldi.

Foto: RIA Novosti
Kiyev meriyasi saytida shahar aholisiga murojaat paydo bo‘ldi. Unda «Beresteyska», «Nivki», «Svyatoshin» va «Jitomirska» metro bekatlari poyezdlarni qabul qilmasligi, ulardan odamlar bombadan boshpana sifatida foydalanishi mumkinligi aytilgan.
Boshqa stansiyalar esa ishlashda davom etmoqda. Kiyev meriyasi metro bombadan yashirinish uchun doimiy ochiq bo‘lishini ma’lum qilgan.
Oldinroq Ukrainaning Xarkov viloyatida havo zarbalari berilayotgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid

10:25
Rossiya Ukraina shaharlarini o‘qqa tutishni kuchaytirdi - fotolar

23:14 / 14.06.2025
AQSh dronlarga qarshi mudofaa tizimlarini Ukrainadan Yaqin Sharqqa ko‘chirdi

18:00 / 14.06.2025
Zelenskiy Ukraina tinchlik uchun qanday murosaga tayyorligini aytdi

13:18 / 14.06.2025