O‘zbekiston | 07:52 / 26.02.2022
10806
4 daqiqa o‘qiladi

«Lisenziya» tizimi 1 martdan ishga tushiriladi

Foto: Stock

Vazirlar Mahkamasining “Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi yagona nizomni tasdiqlash haqida”gi hamda “Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari to‘g‘risidagi yagona nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorlari qabul qilindi.

Hujjatlar bilan quyidagilar tasdiqlandi:

maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi va ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari to‘g‘risidagi yagona nizomlar;

litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish hamda ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish yoki berishni rad etish to‘g‘risidagi qarorlarni respublika darajasida qabul qiluvchi vakolatli organlarning shikoyatlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha apellyatsiya kengashining namunaviy tarkibi.

Nizomlar lisenziatlar va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat egalarining faoliyatini nazorat qilish va ularning hisobini “Lisenziya” axborot tizimi orqali yuritish tartibini belgilaydi. Ular litsenziyalanadigan faoliyat turini amalga oshirish va ruxsat berishga oid talablar va shartlarni hamda quyidagi tartiblarni o‘z ichiga oladi:

  • litsenziya yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun ariza berish va uni ko‘rib chiqish;
  • litsenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni qayta rasmiylashtirish, muddatini uzaytirish va o‘zgartirish;
  • litsenziyaning yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishini to‘xtatib turish, bekor qilish va to‘xtatish;
  • tegishli organlar qarori va ularning mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat berish va uni ko‘rib chiqish;
  • litsenziyalar yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar reyestrini yuritish.

Lisenziya yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishni rad etish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:

  • litsenziya yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilishi uchun zarur bo‘lgan hujjatlarning talabgor tomonidan to‘liq bo‘lmagan hajmda taqdim etilganligi;
  • talabgorning litsenziya yoki ruxsat berishga oid talablar va shartlarga muvofiq emasligi;
  • talabgor tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda yolg‘on yoki noto‘g‘ri ma’lumotlarning mavjudligi;
  • o‘tkazilishi shart bo‘lgan o‘rganishlar, tadqiqotlar, tekshirishlar yoki boshqa ilmiy va texnik baholashlarning yakunlari bo‘yicha asoslangan salbiy xulosa olinganligi.

Boshqa asoslar litsenziya yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishni rad etishga sabab bo‘la olmaydi.

Faoliyatning litsenziyalanadigan turini yoki uning kichik turini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan yoki ruxsat etish xususiyatiga ega bo‘lgan hujjat asosida faoliyatni amalga oshirayotgan yuridik yoki jismoniy shaxslar uchun mazkur qaror bilan belgilangan litsenziya va ruxsat berish talab va shartlari 2022 yil 1 iyundan kuchga kiradi.

Mavzuga oid