Urushning yettinchi kuni. Suratlar
24 fevral tongida Vladimir Putin DXR va LXRni ozod qilish, shuningdek, Ukrainani «denatsifikatsiya» va «demilitarizatsiya» qilish maqsadida «maxsus harbiy operatsiya» boshladi. Shundan so‘ng Rossiya Ukrainaga qo‘shin kiritdi. Kiyev, Xarkov, Mariupol va boshqa shaharlarda bir necha kundan buyon janglar davom etmoqda. Odamlar bombapanagohlarga, metro bekatlari va yerosti avtoturargohlarda yashirinib jon saqlamoqda. Aholining bir qismi qo‘shni davlatlarga qochmoqda: BMT ma’lumotiga ko‘ra, urushning yetti kunida Ukrainani bir millionga yaqin kishi tark etgan.

Aris Messinis / AFP / Scanpix / LETA
So‘nggi soatlardagi asosiy voqealar:
- BMT ma’lumotlariga ko‘ra, bir hafta ichida bir million ukrainalik qochqinga aylandi.
- Gaagadagi Xalqaro jinoyat sudi Rossiyaning Ukrainadagi ehtimoliy harbiy jinoyatlari yuzasidan tergov boshladi.
- Rossiya hukumati dumaga sanksiyalar sharoitida aholi va biznesni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qonun loyihasini taqdim etdi.
- Rossiya Mudofaa vazirligi birinchi marta yo‘qotishlar haqida ma’lumot berdi: 498 harbiy xizmatchi halok bo‘lgani, 1597 nafari yaralangani aytilgan.
- Zelenskiyning ta’kidlashicha, Rossiya armiyasi bir hafta ichida Ukrainada to‘qqiz ming askarini yo‘qotdi. Ukraina razvedkasi fikricha, 4 mart kuni Kreml mamlakatda harbiy holat e’lon qiladi.
- Jahon banki Rossiya va Belarusdagi dasturlarni to‘xtatdi.
- Gamburgda Alisher Usmonovning 600 million dollarlik Dilbar nomli yaxtasi musodara qilindi.
- Roman Abramovich «Chelsi»ni sotadi.
- Oracle, Mercedes-Benz va H&M Rossiyada sotuvlarini to‘xtatdi.
- Rossiyadagi urushga qarshi aksiyalarda yana 700 nafardan ortiq kishi hibsga olindi.





Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA

Vadim Ghirda / AP / Scanpix / LETA

Vadim Ghirda / AP / Scanpix / LETA


Sergey Dolzhenko / EPA / Scanpix / LETA

Gleb Garanich / Reuters / Scanpix / LETA

Nikolay Doychinov / AFP / Scanpix / LETA


Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA

REUTERS/Yara Nardi

REUTERS/Stoyan Nenov

Mavzuga oid

17:12 / 31.12.2024
Rossiya va Ukraina o‘rtasida asirlar almashuvi - fotosuratlar

13:53 / 30.12.2024
Chasiv Yardan Avdiyivkagacha. Kultepaga aylangan shahar va qishloqlar

15:02 / 02.12.2024
Isroil va Livan sulhidan keyin odamlar uylariga qaytmoqda - fotosuratlar

14:51 / 16.09.2024