Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Baxt shahrida qancha xonadon va hovlilarni suv bosgani va qancha odam evakuatsiya qilingani aytildi
Avvalroq Kun.uz’da 2022 yil 15 mart kuni Baxt shahri hududidan oqib o‘tuvchi kollektoridan suv toshib bir qancha ko‘chalarda ko‘plab xonadonlarni suv bosgani haqida xabar berilgandi. Sirdaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi suv toshqini oqibatlari va bajarilgan ishlar haqida ma’lumot berdi.

Foto: FVB
Ma’lum qilinishicha, kollektorda suv sathi 4,5 metr kub sekundgacha ko‘tarilishi natijasida Baxt shahrining “Xazina”, “Tadbirkor”, “Ishonch”, “Tinchlik” MFYdagi jami 35 ta ko‘chada suv toshgan. 102 ta xonadon va 525 ta hovliga suv yig‘ilib qolgan. 679 nafar fuqaro evakuatsiya qilingan. Suv bosgan xonadonlardagi aholi xavfsiz hududlarga ko‘chirilib, oziq-ovqat va zarur ashyolar bilan ta’minlangan.
Mazkur hududda avariya-tiklash hamda suv toshqini hududidan suvlarni chiqarib tashlash tadbirlariga maxsus texnikalar va zaruriy vositalar safarbar etilgan. Jumladan, viloyat hududidagi aholi turar joylari (hovlilar), ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlari obektlari hududlari va ko‘chalarda yig‘ilib qolgan yomg‘ir suvlarini chiqarib tashlash uchun 40 ta yong‘in o‘chirish avtomobillari, 25 ta motopompa, 18 ta suv tashish texnikasi va 202 nafar FVV xodimi jalb etilgan.
Bundan tashqari, Baxt shahriga FVVning 14 ta yong‘in o‘chirish mashinalari, 16 ta motopompa, 11 ta chuqurlik nasosi, tuman hokimligi va avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasining 9 ta samosval, 1 ta avtogreyder, 2 ta avtopogruzchik, 2 ta katok, 1 ta avtokran, 3 ta avtobus, 2 ta suv tashish texnikalari va 1 ta traktori jalb etilib, 28 ta aholi xonadonlari va 103 ta uy hovlilari hamda ko‘chalarga toshgan kollektor suvlari chiqarib tashlangan.
Baxt shahridagi zarar ko‘rgan 746 ta xonadonlarida yuqumli va parazitar kasalliklarning oldini olish maqsadida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi Sirdaryo tumani bo‘limining 14 nafar xodimi tomonidan dezinfeksiya tadbirlari olib borilmoqda.
Qayd etilishicha, VJD kollektoriga qo‘yilgan moslamadan suv sathi 1 metrgacha va VJD-3 kollektoridagi suv sathi 20 santimetrgacha pasaygan. Sirdaryo va Toshkent viloyatlari “Toza hudud” DUKning 4 tadan maxsus texnikalari yordamida 1920 metr kub to‘planib qolgan suv chiqarib tashlangan. Toshqin asoratlarini bartaraf etish ishlari davom ettirilmoqda.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Maldiv – Muslim friendly formatida dam olish uchun ideal tanlov
Jamiyat | 19:00 / 25.07.2025
-
Andijondagi fabrika oqova suvlari bilan kanalni ifloslantirdi
Jamiyat | 23:09 / 26.07.2025
-
iPhone va avtosug‘urtada yangi narxlar, Navoiyda qalin smog - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 22:40 / 26.07.2025
-
Yaponiya ayollarning umr ko‘rish davomiyligi bo‘yicha navbatdagi rekordni o‘rnatdi
Jahon | 22:38 / 26.07.2025
Mavzuga oid

13:31 / 16.03.2022
Foto: Kuchli yomg‘ir tufayli Baxt shahridagi xonadonlarni suv bosdi. Aholi vaqtincha ko‘chirilmoqda

19:00 / 16.11.2020
«Onam o‘z hayoti bilan yashaydi, biz bilan ishi yo‘q...»

12:26 / 03.07.2016