Kiyev ostonasida turgan ritsar va olov ichidagi o‘t o‘chiruvchilar. Urush suratlari
Ukrainada urushning 28-kuni o‘tdi. Tunda va tongda Kiyev yana raketa zarbalariga uchradi: turar joylarga qilingan hujum oqibatida to‘rt kishi yaralangan. Mariupolda Arxip Kuindji nomidagi san’at muzeyi binosi yo‘q qilingan, u yerda Ivan Ayvazovskiyning polotnolari saqlangan. Belgorod oblastidagi ikki qishloqda snaryadlar portlashi oqibatida favqulodda holat rejimi joriy etildi, Rossiya hukumatining iddaosiga ko‘ra, ular Ukraina tomondan uchib kelgan. Ukraina sog‘liqni saqlash vaziri Viktor Lyashkoning ma’lumot berishicha, rossiyalik harbiylar 58ta tibbiy yordam mashinalarini o‘qqa tutishi oqibatida olti nafar tibbiy xodim halok bo‘lgan. Bugun yana bir jurnalist o‘limi haqida ma’lum bo‘ldi: Kiyevda The Insider xodimi Oksana Baulina halok bo‘ldi.

Ukraina favqulodda vaziyatlar bo‘yicha davlat xizmati / AFP / Scanpix / LETA
Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha so‘nggi ma’lumotlar:
- Rossiyalik harbiylarning bir necha yo‘nalishlardagi harakatlari to‘xtab qolgan. G‘arb tahlilchilari Kiyev yaqinida turgan Rossiya armiyasi ruhiyati pastligi va ta’minotda katta muammolar kuzatilayotgani haqida aytishmoqda.
- Kiyev atrofidagi rus harbiylari qurshovga tushib qolishi ehtimoli mavjud. Amerika razvedka xizmatlari ma’lumotiga ko‘ra, Ukraina armiyasi rossiyalik harbiylarni Kiyevdan 55 km masofaga chekintirishga muvaffaq bo‘lgan.
- Ukraina Kiyev yaqinidagi Makarov shahri qaytarib olinganini ma’lum qildi.
- Mariupol qamali davom etmoqda, shahar uchun janglar to‘xtagani yo‘q. Ukraina hukumati chorshanba kuni bu shahardan 3 mingdan ortiq kishi o‘z transport vositalarida Zaporojyega o‘tganini ma’lum qildi.
- Kiyev o‘qqa tutilishi oqibatida rossiyalik jurnalict Oksana Baulina halok bo‘ldi. U Kiyevdagi Podolskiy rayonida rossiyalik harbiylar zarbalari oqibatlarini tasvirga olish chog‘ida yangi raketa zarbalariga uchragan. Rossiya harbiylari Ukraina shaharlari, jumladan Kiyev, Chernigov va Xarkovni o‘qqa tutishni to‘xtatmayapti.
- AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken AQSh ko‘rsatmalarni o‘rgangan holda rossiyalik harbiylar chindan ham Ukraina hududida harbiy jinoyatlar sodir etgani haqida xulosaga kelgan.
- Britaniya Ukrainaga yana 6000 raketa taqdim etdi. Shvetsiya - 5000 ta tankka qarshi komplekslar yetkazib berdi, Germaniya yana 2000 ta tankka qarshi granatomyotlar jo‘natishga qaror qilgan.
- BMT Xavfsizlik kengashida Rossiyaning Ukraina bo‘yicha rezolyutsiyasiga faqat uning o‘zi va Xitoy ovoz berdi. Rezolyutsiya loyihasida o‘t ochishni to‘xtatish va harbiy harakatlar hududidan tinch aholini evakuatsiya qilishga oid chaqiriqlar o‘rin olgan, ammo Xavfsizlik kengashining qolgan 13 a’zosi uning matnida Rossiya yuzaga kelgan gumanitar inqiroz aybdori ekani ko‘rsatilmagani uchun uni qo‘llab-quvvatlamagan.
- Urushning to‘rt haftasida Xarkovda qariyb mingta turar joy binolari vayron bo‘lgan.
- Fransuzlarning Renault avtomobil kompaniyasi Moskvadagi zavodi faoliyatini zudlik bilan to‘xtatishga qaror qildi.
Quyida urushning navbatdagi kunida olingan asosiy suratlar.

Aris Messinis / AFP / Scanpix / LETA

Rodrigo Abd / AP / Scanpix / LETA

Marko Djurica / Reuters / Scanpix / LETA

Mykhaylo Palinchak / SOPA Images / LightRocket / Getty Images

Mykhaylo Palinchak / SOPA Images / LightRocket / Getty Images

Atef Safadi / EPA / Scanpix / LETA

Atef Safadi / EPA / Scanpix / LETA

Nikolay Trishin / Scanpix / LETA

Mixail Tereshchenko / Scanpix / LETA

Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA

Stepan Franko / EPA / Scanpix / LETA


Mixail Tereshchenko / Scanpix / LETA

Maxar Technologies / AP / Scanpix / LETA
Mavzuga oid

17:12 / 31.12.2024
Rossiya va Ukraina o‘rtasida asirlar almashuvi - fotosuratlar

13:53 / 30.12.2024
Chasiv Yardan Avdiyivkagacha. Kultepaga aylangan shahar va qishloqlar

15:02 / 02.12.2024
Isroil va Livan sulhidan keyin odamlar uylariga qaytmoqda - fotosuratlar

14:51 / 16.09.2024