Minalangan sohil, Xarkovdagi birodarlik mozori va metroda jon saqlayotgan kiyevliklar. Urush suratlari
Urush boshlanganiga bir oydan oshiq vaqt o‘tdi. Ukraina tomoni Sumi oblastidagi Trostyanets shahrini ozod qilgani haqida xabar berdi, bu shahar mart oyi boshidan buyon rossiyalik harbiylar qo‘lida edi. Shu bilan birga RF harbiylari Slavutich shahrini — 1986 yilda, avariyadan keyin evakuatsiya qilingan Chernobil AES xodimlari uchun qurilgan shaharni egallagan. Vladimir Zelenskiy harbiy harakatlar aks etgan surat va videolarni e’lon qilishni taqiqlovchi qonunni imzoladi - bunday materiallar dushman uchun koordinatalarni aniqlashda xizmat qilishi mumkin. Xuddi shu vaqtda Lvov raketa zarbalariga uchradi.

Ronaldo Schemidt / AFP / Scanpix / LETA
Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha so‘nggi ma’lumotlar:
- Lvov o‘qqa tutildi. Lvov shahri atrofidagi hududlarda rossiyaliklarning kamida to‘rtta raketasi portlagan. Besh kishi yaralangan, neftbaza va shahar infratuzilmasi obektlari shikastlangan; turar joy binolari jabrlanmagan. RF mudofaa vazirligining ma’lum qilishicha, Ukraina armiyasini yonilg‘i bilan ta’minlagan yirik bazaga zarba berilgan.
- Trostyanets ozod etildi. Ukrain harbiylari va partizanlar Sumi oblastidagi Trostyanets shahrini rossiyalik harbiylardan qaytarib oldi.
- Slavutich bosib olindi. Rossiya qo‘shini Ukrainaning eng yosh shahri, Chernobildagi avariyadan keyin, 1986 yilda Kiyev oblastida tashkil etilgan shaharni egallashdi. Bu yerga ChAES ishchilari va oila a’zolari ko‘chirilgandi.
- Evakuatsiya davom etmoqda. 10 ta gumanitar yo‘lakdan, rossiyaliklarning hujumlari davom etgani tufayli, shanba kuni atigi 5200 dan ortiq kishini olib chiqishga muvaffaq bo‘ldi, jumladan qamaldagi Mariupoldan 331 kishi evakuatsiya qilingan.
- Zelenskiy rus tili bilan xayrlashdi. U Ukrainada bu til bilan muammo bo‘lmagani, ammo rossiyaliklarning bombardimonlari rus tilida so‘zlashish uchun istaklarni yo‘q qilgan. So‘rovlar ukrainaliklar u bilan hamfikr ekanini ko‘rsatgan.
- Ukraina qurolli kuchlarining ma’lum qilishicha, Sevastopoldagi tibbiy muassasalarga har kuni o‘rtacha 50 nafardan 100 nafargacha yaralangan rus askarlari keltirilmoqda.

Maxar Technologies / Reuters / Scanpix / LETA

Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA

Stas Yurchenko / Gʼrati

Vadim Ghirda / AP / Scanpix / LETA

Vadim Ghirda / AP / Scanpix / LETA

Mykhaylo Palinchak / SOPA Images / LightRocket / Getty Images

Gleb Garanich / Reuters / Scanpix / LETA

Oleksandr Gimanov / AFP / Scanpix / LETA


Sedat Suna / EPA / Scanpix / LETA

Bulent Kilic / AFP / Scanpix / LETA

Felipe Dana / AP / Scanpix / LETA

Joe Raedle / Getty Images

Nariman El-Mofty / AP / Scanpix / LETA

Mikhail Palinchak / Reuters / Scanpix / LETA

Felipe Dana / AP / Scanpix / LETA

Mixail Tereshchenko / TASS

Mixail Tereshchenko / TASS

Aris Messinis / AFP / Scanpix / LETA

Roman Pilipey / EPA / Scanpix / LETA

Louai Barakat / SIPA / Scanpix / LETA
Mavzuga oid

17:12 / 31.12.2024
Rossiya va Ukraina o‘rtasida asirlar almashuvi - fotosuratlar

13:53 / 30.12.2024
Chasiv Yardan Avdiyivkagacha. Kultepaga aylangan shahar va qishloqlar

15:02 / 02.12.2024
Isroil va Livan sulhidan keyin odamlar uylariga qaytmoqda - fotosuratlar

14:51 / 16.09.2024