Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sirdaryoda jamoat transporti bo‘lgan avtobusni mast holda boshqargan haydovchiga chora ko‘rildi
Haydovchiga MJtKning tegishli moddasi bilan chora ko‘rilib, avtobus vaqtincha saqlash uchun jarima maydonchasiga joylangan.

Foto: IIV YHXBB axborot xizmati
IIV YHXBB axborot xizmatining xabar berishicha, 2022 yil 2 aprel kuni soat 15:30larda Guliston shahar hududida xizmat olib borayotgan YPX xodimlari tomonidan qarama-qarshi harakatlanish uchun mo‘ljallangan tomonga chiqib kelayotgan Isuzu avtobusi to‘xtatilgan.
Hujjatlarni tekshirish davomida haydovchining og‘zidan spirtli ichimlik hidi kelgani sabab xodimlar uni mastlik holati bo‘yicha tekshiruvga taklif qilishgan. Tekshiruv natijalariga ko‘ra, haydovchi, 1978 yilda tug‘ilgan O.N. mast holdaligi aniqlangan.
Qayd etilishicha, haydovchiga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 128⁵-moddasi ikkinchi qismi hamda 131-moddasi tartibida ma’muriy bayonnoma tuzilgan. Ushbu kodeksning 291-moddasiga asosan avtobus vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga qo‘yilgan.
Mavzuga oid

15:32 / 20.07.2025
Toshkentda 64-sonli avtobus yonib ketdi

16:44 / 09.07.2025
Toshkent viloyatidan qatnovchi avtobuslar yo‘nalishi poytaxt ichkarisigacha uzaytiriladi

13:43 / 07.07.2025
Salkam 900 mln so‘mlik noqonuniy zargarlik buyumlari savdosi fosh etildi

15:04 / 29.06.2025