Kramatorsk evakuatsiya qilinmoqda, Borodyanka aholisi xarobalar orasida. Urush suratlari
Ukrainadagi urushning 41 kuni o‘tdi. Kiyev oblastida tinch aholi vakillari o‘ldirilishining yangi guvohliklari paydo bo‘lmoqda. NATO bosh kotibi Yyens Stoltenbergning so‘zlariga ko‘ra, urush «kritik fazaga kirmoqda». Alyansning hisoblashicha, Rossiya Donbassni to‘liq egallash uchun yurish boshlashga tayyorlanmoqda. Donbassning Ukraina hududidagi qismida evakuatsiya jarayoni boshlangan — odamlar qo‘rquv ichida Kramatorskni tark etmoqda, bu shaharda Mariupol qismati takrorlanishi mumkin.

Roman Pilipey / EPA / Scanpix / LETA
Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha so‘nggi ma’lumotlar:
- Seshanba kuni Lugansk, Zaporojye va Donetsk oblastlarida yettida gumanitar yo‘lak bo‘yicha kelishuvga erishildi.
- Frontda o‘zgarish yo‘q. Ukrainlar Rossiya armiyasining Ukraina sharqida hujumga o‘tishiga tayyorlanmoqda.
- NATOdagilarning prognozi ham shunday - Rossiya butun Donbassni egallash va bosib olingan Qrimgacha quruqlikda yo‘lak ochishni ko‘zlamoqda. «Urush kritik fazaga kirdi», dedi alyans bosh kotibi Stoltenberg.
- YeI Rossiyaga qarshi sanksiyalarning yangi paketini tayyorladi. Ko‘mir, aroq va ikra importi taqiqlanadi. Portlar va chegaralar yuk mashinalari uchun yopiladi. Lekin hozircha neft va gaz uchun embargo qo‘yilmadi.
- Chexiya Ukrainaga T-72 tanklari va zirhli mashinalar yuboradi. Bu tanklar jo‘natilishi bilan bog‘liq urush davridagi ilk holat.
- Yevropa davlatlari rossiyalik diplomatlarni chiqarib yuborishda davom etmoqda. Italiya - 30, Ispaniya - 25 nafar atrofida, Daniya - 15, Shvetsiya - uch. Estoniya konsulxona xodimlaridan 14 nafarini chiqarib yuboradi, Rossiyaning Narvadagi elchixonasi va Tartudagi konsullik bo‘limini yopadi. Kreml javob qaytarishni va’da qilgan.
- Kreml va rossiyalik harbiylar yana bir bor Buchadagi fojia bo‘yicha raddiyalar berishdi. Bu vaqtda Ukraina razvedkasi Buchada bo‘lgan rossiyalik harbiylar Belarusdagi bir necha kunlik ta’tildan keyin yana Ukrainaga qaytarilishi haqida xabar berdi, ular Xarkovga tashlanishi mumkin.
- Rossiyada senzura kuchaymoqda. Roskomnadzor «Vikipediya»dan urush haqidagi maqolalarni o‘chirishni talab qildi.
- Kiyevga urush davrida Zelenskiyning eng yuqori martabali mehmonlari kelmoqda - Yevrokomissiya raisi Ursula fon der Lyayyen va Yevroittifoqning bosh diplomati Jozep Borrel.

Atef Safadi / EPA / Scanpix / LETA

Fadel Senna / AFP / Scanpix / LETA

Marko Djurica / Reuters / Scanpix / LETA

Zohra Bensemra / Reuters / Scanpix / LETA

Felipe Dana / AP / Scanpix / LETA

Sergey Bobilev / TASS


Vadim Ghirda / AP / Scanpix / LETA

Anastasia Vlasova / Getty Images

Mavzuga oid

17:12 / 31.12.2024
Rossiya va Ukraina o‘rtasida asirlar almashuvi - fotosuratlar

13:53 / 30.12.2024
Chasiv Yardan Avdiyivkagacha. Kultepaga aylangan shahar va qishloqlar

15:02 / 02.12.2024
Isroil va Livan sulhidan keyin odamlar uylariga qaytmoqda - fotosuratlar

14:51 / 16.09.2024