"Xavfli tuxumlar": Kinder mahsulotlari salmonellyoz tarqalishida taxmin qilinib do‘konlardan yig‘ishtirib olinmoqda
Yevropada Kinder mahsulotlari bilan bog‘liq deb taxmin qilingan 100dan ortiq salmonellyoz kasalligiga chalinish holatlari qayd etilgan. Aksariyat kasallanish holatlari o‘n yoshgacha bo‘lgan bolalarda kuzatilgan.

Foto: AFP
Ferrero kompaniyasi salmonellyoz kasalligi tarqalishi sababli Yevropaning turli mamlakatlaridagi Kinder mahsulotlarini yig‘ishtirib olmoqda.
Jumladan, mashhur shokoladli tuxumlar hamda Schoko-Bons konfetlari peshtaxtalardan olinmoqda.
Hozirda Yevropada Kinder mahsulotlari bilan bog‘liq deb taxmin qilingan 100dan ortiq salmonellyoz kasalligiga chalinish holatlari qayd etilgan.
Aksariyat kasallanish holatlari o‘n yoshgacha bo‘lgan bolalarda kuzatilgan.
Ferrero kompaniyasi Fransiya, Belgiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Shvetsiya va Niderlandiyadagi do‘konlarda sotilayotgan Kinder mahsulotlarini qaytarib olishini ma’lum qilgan.
Mavzuga oid

19:10 / 28.06.2024
Mavsumiy xastalik: nega yozda salmonellyozga chalinish ko‘payadi?

18:48 / 13.06.2023
Yoz faslida o‘tkir ichak kasalliklari ko‘payishi sabablari aytildi

17:38 / 21.04.2022
Ispaniyada Kinder mahsuloti bilan bog‘liq ilk salmonellyoz kasalligi holati aniqlandi

14:42 / 08.04.2022