Sigirlar orasidagi raketa, xarobalar ostidan yaqinlarini izlayotgan ukrainlar. Urush suratlari
10 aprel kuni BMT Ukrainada urush boshlanganidan buyon tinch aholi vakillaridan 1793 kishi, jumladan 142 bola halok bo‘lganini tasdiqladi. Ukraina qurolli kuchlari ma’lumotiga ko‘ra, Rossiya armiyasi Izyum rayoni hududidagi mudofaa chizig‘ini yorib o‘tishga, Mariupol ustidan to‘liq nazorat o‘rnatishga va Nikolayev yo‘nalishidagi qismlarning taktik holatini yaxshilashga harakat qilmoqda. Volodimir Zelenskiy Rossiya bosqini boshlanganidan buyon qo‘liga qurol olib, vatan himoyasiga otlanishga tayyor bo‘lgan 363 nafar mahkumni afv etgan.

Zohra Bensemra / Reuters / Scanpix / LETA
Ukrainadagi urushning 46-kunidagi asosiy ma’lumotlar:
- Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy har kunlik videomurojaatida mamlakat sharqida Rossiya tomonidan keng ko‘lamli harbiy harakatlar kutilayotganini ma’lum qildi.
- Kiyev oblastidagi Buzovaya posyolkasida o‘nlab tinch aholi vakillari ko‘milgan yana bir birodarlik qabristoni topildi.
- Rossiyaning Ukrainaga qarshi tajovuzidan keyin, Finlandiya va Shvetsiya yozdayoq NATO safiga kirishni rejalashtirmoqda. Britaniya nashrlari yozishicha, agar bu rejalar amalga oshsa, Finlandiya NATO a’zolari orasida Rossiya bilan eng uzun chegaralarga ega davlatga aylanadi (1340 km), bu chegara chizig‘i Sankt-Peterburgdan 200 km masofadan o‘tadi.
- Ukraina tomoni Rossiya armiyasida haydovchilar va mexaniklar tanqisligi yuzaga kelganini aytmoqda.
- Xarkov hamon qamalda qolmoqda, Mariupolda rossiyalik harbiylar «Azovstal» va dengiz portini shturm qilishda davom etmoqda.

Sergey Bobok / AFP / Scanpix / LETA

Oleg Petrasyuk / EPA / Scanpix / LETA

Anastasia Vlasova / Getty Images

Mykola Tymchenko / Reuters / Scanpix / LETA

Anatolii Stepanov / AFP / Scanpix / LETA

Anatolii Stepanov / AFP / Scanpix / LETA

Gavriil Grigorov / TASS

Vladyslav Musiienko / Reuters / Scanpix / LETA




Petros Giannakouris / AP / Scanpix / LETA




Mavzuga oid

17:12 / 31.12.2024
Rossiya va Ukraina o‘rtasida asirlar almashuvi - fotosuratlar

13:53 / 30.12.2024
Chasiv Yardan Avdiyivkagacha. Kultepaga aylangan shahar va qishloqlar

15:02 / 02.12.2024
Isroil va Livan sulhidan keyin odamlar uylariga qaytmoqda - fotosuratlar

14:51 / 16.09.2024