Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sud hujjatlarini ijro etishga aralashganlik uchun javobgarlik belgilandi

Foto: Kun.uz
Prezident tomonidan imzolangan qonun bilan sud hujjatlarini va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etish jarayoniga aralashganlik uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlik kiritildi.
Adliya vazirligi xabariga ko‘ra, mazkur harakatlar ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilsa, 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Yirik bitimlar tuzishda, moliya-kredit xizmatlarini ko‘rsatishda, xalqaro yo‘lovchi tashish va davlat xizmatlarini ko‘rsatishda ijro hujjatlari bo‘yicha qarzdorlik borligini tekshirmaslik ham ma’muriy javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Qonun bilan ijro ishini yuritishning soddalashtirilgan tartibi belgilandi. Unga ko‘ra, soddalashtirilgan tartibda undiruv qarzdorning mol-mulkiga (pul mustasno) qaratilmaydi va qarzdorga javobgarlik choralari qo‘llanilmaydi.
Soddalashtirilgan tartibda undiruv bankdagi pulga, mehnatga hal to‘lashning eng kam miqdoridan (822 ming so‘mdan) ko‘p bo‘lmagan summani undirish uchun esa ish haqiga, stipendiya, pensiya va boshqa daromadlarga qaratiladi.
Mavzuga oid

14:39 / 24.07.2025
Mubashshir Ahmadga nisbatan ochilgan jinoyat ishi sudga oshirildi

16:14 / 17.07.2025
Soliq nizolarini hal qilish vaqti qisqaradi

12:04 / 16.07.2025
Rossiyada diversiya ishi bo‘yicha sudlangan 13 kishidan 3 nafarining muddati qisqartirildi

20:26 / 02.07.2025