Buyuk Britaniyaga noqonuniy kelgan migrantlar Ruandaga jo‘natiladi
Boris Jonsonning so‘zlariga ko‘ra, ushbu tashabbus Buyuk Britaniyaga noqonuniy odam tashish bilan shug‘ullanuvchi jinoiy to‘dalarning biznes-modelini yo‘q qilishga qaratilgan.

Foto: Pascal Rossignol /Reuters
Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson migratsiya sohasidagi yangi davlat siyosatini e’lon qildi. Endilikda Buyuk Britaniyaga noqonuniy yo‘l bilan kelgan migrantlar Afrikadagi Ruanda davlatiga jo‘natilishi mumkin.
"Bugundan boshlab migratsiya va iqtisodiy rivojlanish sohasida Ruanda bilan yangicha hamkorlik yo‘lga qo‘yilishi shuni anglatadiki, 2022 yil 1 yanvardan keyin Buyuk Britaniyaga noqonuniy kelganlar Ruandaga jo‘natilishi mumkin", - dedi u.
Jonsonning so‘zlariga ko‘ra, ushbu tashabbus Buyuk Britaniyaga noqonuniy odam tashish bilan shug‘ullanuvchi jinoiy to‘dalarning biznes-modelini yo‘q qilishga qaratilgan.
Yangi tizim odamlarga Ruandaga xavfsiz yo‘l bilan yetib borish va u yerda qochqin maqomi berilishini so‘rash imkoniyatini taqdim etadi. Qochqin maqomini olganlar u yerda yangi hayot boshlashi mumkin bo‘ladi.
Buyuk Britaniya ushbu hamkorlik doirasida Ruandaning iqtisodiy rivojlanishi uchun 120 mln funt sterling investitsiya kiritish hamda Ruandadagi qochqinlarni joylashtirishni moliyalashtirishni va’da qilgan.
Mavzuga oid

23:00 / 12.05.2025
Britaniya bosh vazirining uyida yong‘in chiqdi - The Times

19:47 / 12.05.2025
Buyuk Britaniya migrantlarni qabul qilish qoidalarini kuchaytirmoqchi

14:24 / 12.05.2025
Londonda TIV rahbarlari darajasida Ukraina bo‘yicha uchrashuv o‘tkaziladi

10:17 / 10.05.2025